Mirziyoyev buyrug‘i: maxsus otradlar Aydar ko‘l hududini brakonyerlardan tozalaydi

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat maxsus otradlar tashkil qilish va ko‘l hududini brokonyerlardan tozalash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. To‘dako‘l suv ombori havzasida Vyetnam texnologiyasi asosida yiliga ming tonnadan ziyod baliq yetishtirish mo‘ljallanmoqda. Natijada viloyatda baliq yetishtirish ko‘rsatkichi yiliga 8,5 ming tonnaga yetkaziladi. Bu haqda  O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navoiy  viloyatida  so‘zlab berishdi va uni  baliqchilikni rivojlantirish loyihalari  bilan tanishtirishdi.

Ondatra - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ondatra brakonyerlari qo‘lga olindi
Mirziyoyevga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Ushbu havzalardan foydalanishni tartibga solish, noqonuniy baliq ovlashga chek qo‘yish, bu yerda inkubatsiya sexlari tashkil etish hisobiga yetishtirilayotgan baliq hajmini kelgusi uch yilda 20 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi" davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Ko‘l havzasida baliq yetishtirish bo‘yicha O‘zbekistonning barcha viloyatlariga 14 hudud ajratib berildi.

Mirziyoyev Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat maxsus otradlar tashkil qilish va ko‘l hududini brokonyerlardan tozalash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Yetishtirilgan mahsulotni eksport qilish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0