TOShKENT, 12-may — Sputnik. AQShning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik notasi yuborildi. Qayd etilishicha, 14-15 may kunlari Pekinda bo‘lib o‘tayotgan "Bir kamar — bir yo‘l" forumida Shimoliy Koreyaning ham ishtirok etayotgani Qo‘shma Shtatlar noroziligiga sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Manbalarning ta’kidlashlaricha, shimoliy koreyaliklarga taklif qilingan rol katta ahamiyatga ega, deb topiladigan bo‘lsa, ayrim G‘arb mamlakatlari KXDR vakillari qatnashadigan uchrashuvlarga bormasliklari ham mumkin.
Ilgariroq XXR tashqi siyosat mahkamasi Shimoliy Koreya taklifni qabul qilgani va ushbu forumga o‘z vakillarini yuborishi haqida xabar qilgan edi. OAVlarda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya delegatsiyasiga KXDR TIV rahbari Kim Yen Chje rahbarlik qilishi mumkin. Pxenyan delegatsiyalari ishtirok etadigan tadbirlarning aniq dasturi hozircha ko‘rsatilmagan.
AQSh Davlat departamenti va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik diplomatlar notasi haqidagi xabar yuzasidan izoh berishganicha yo‘q.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.