TOShKENT, 14-maya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Pekinda bo‘lib o‘tgan qisqa uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarning kundalik holati haqida fikr almashishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ayni damda Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumida ishtirok etishmoqda.
Xitoy tashabbusi bilan taklif qilingan ushbu forum xalqaro hamkorlikning yangi ko‘rinishlari tashkil qilish va rivojlantirishni hamda ikki tomonlama munosabatlarning mavjud bo‘lgan mexanizmlarini mustahkamlash hamda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan.
Ushbu forumda O‘zbekistonning ishtirok etishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Qadimiy Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekiston davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashda o‘ta muhim o‘rin tutib kelgan.