Yulg‘ich-virus Yevropa va Osiyo kompyuterlariga hujum qilmoqda

Obuna bo‘lish
Sal oldin Yevropa politsiyasi rahbari Rob Ueynrayt, bir qator kiberhujumlar dushanba kuni ertalab amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi. Uenraytga ko‘ra, keng qamrovli kiberhujumlar dunyoning 150 davlatida 200 mingga yaqin kompyuter foydalanuvchilarini tegib o‘tgan

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Joriy yil 12-may kuni Yevropa va Osiyo kompyuterlari yoppasiga shu paytgacha noma’lum bo‘lgan "Yulg‘ich-virus"i hujumiga uchradi.  Ushbu zararli virus dasturi Rossiya IIV serveri ham zarar ko‘rgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiya IIV ushbu hujum axborot texnologiyalar, xavfsizlik va aloqalar departamenti tomonidan qayd etilganini tasdiqladi.

AQSh Kongressiga xakerlar hujum qildi
"O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida 1000 ga (jami kompterlarning 1% dan kam bo‘lgan qismi) yaqin zararlangan kompterlar blokirovka qilindi", – deb ta’kidladi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

OAVlarda tarqalga ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Tergov qo‘mitasining ichki tarmog‘iga ulangan kompyuterlar ham xakerlik hujumiga uchragan, lekin Tergov qo‘mitasi ushbu xabarni rad etgan.

Mazkur virus dasturidan rossiyalik "Megafon" uyali-aloqa kompaniyasi ham ziyon ko‘rgan. Kiberhujum natijasida mijozlarni qo‘llab quvvatlash xizmati va ayrim savdo manzillari ish faoliyatini buzilgan. Kompaniya ushbu holat haqida huquq tartibot organlariga ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha MalwareHunterTeam guruhi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu virus dasturidan Rossiya va Tayvan hududlarida joylashgan serverlar eng ko‘p zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Portugaliya, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston, Indoneziya, Vyetnam, Yapaniya va Filippin davlati ham kiberhujum amalga oshirilgan.

"Yangi virus haddan tashqari tezlik bilan tarqalmoqda", — dedi MalwareHunterTeam vakili.

Rossiyadagi virusga qarshi "Laboratoriya Kasperkogo" kompaniyasi mutaxassislari fikriga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 74 ta davlatda 45 mingdan ortiq zararlanish holatlari aniqlagan. Mutaxassislar eng ko‘p zararlanish holatlari Rossiyada aniqlanganligi qayd etishdi.

O‘zbekiston davlat xizmatchilari kiberxavfsizlik bo‘yicha saboq olishdi
Shu sababli kopyuterdan foydalanish paytida elektron manzillar, internet tarmog‘idagi ommaviy xizmatlardan foydalanishda juda ehtiyotlik bilan foydalanish zarur va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Virusga qarshi dasturlar yordamida kompterlarni doimiy tekshirib borish va o‘z vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rish zarur.

Sal oldin Yevropa politsiyasi rahbari Rob Ueynrayt, bir qator kiberhujumlar dushanba kuni ertalab amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi. Uenraytga ko‘ra, keng qamrovli kiberhujumlar dunyoning 150 davlatida 200 mingga yaqin kompyuter foydalanuvchilarini tegib o‘tgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0