Buxoro hokimligi "Ozodlik"ning "Dilkusho" bozori haqida tarqatgan xabariga raddiya berdi

© betakrorbuxoro.uzBuxorodagi "Dilkusho" dehqon bozori
Buxorodagi Dilkusho dehqon bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim xorij OAVlari Buxoro markazidagi "Dilkusho" bozori tadbirkorlar roziligisiz buzib tashlanayotgani, tovon puli to‘lanmayotgani, o‘rniga o‘rin do‘kon qurib berish haqida esa mutlaqo gap bormayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Buxoro hokimligi ushbu o‘zgarishlar faqat xalq manfaatlari uchun bo‘layotganini ta’kidlab, aholidan qo‘llab-quvvatlashni so‘radi

TOShKENT, 9-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Buxoro hokimligi "Ozodlik radiosi" tarqatgan xabarga raddiya e’lon qildi.

Jumladan, Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati tomonidan chop etilgan "O‘zgarishlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi" nomli maqolada bu borada to‘xtalib o‘tilgan va sarlavhada "Buxoro shahridagi "Dilkusho" dehqon bozori xususida ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga munosabat", degan so‘zlar keltirib o‘tilgan.

Hammasi qanday boshlangan edi?

Aniqlik kiritish lozimki, joriy yilning 18-aprel kuni "Ozodlik" Buxoro markazidagi "Dilkusho" bozori buzilib, gipermarketga aylanishi haqida xabar tarqatdi. Xabarda tadbirkorlar roziligisiz amalga oshirilayotgan bu ishlar ayrim tadbirkorlarning qon bosimi oshib ketishiga sabab bo‘lgani ta’kidlandi.

Buxoro hokimligi matbuot-xizmati xorij OAVlarida e’lon qilingan xabarlarga javoban "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan har bir islohot avvalo aholi manfaatlarini himoya qilish, ular turmush darajasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganini" aytdi.

O‘zgarishlar zamirida ezgu maqsad yotibdi

Hokimlik O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga uyushtirgan tashrifi hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yuksaltirish, aholiga qulay turmush sharoitlarini yaratish borasida yangi davrni boshlab berganini qayd etgan.

Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro tez vaqtda tanib bo‘lmas darajada chiroy ochadi
"Davlatimiz rahbarining tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarga mo‘ljalangan, shaharsozlik, sanoat, kichik biznes, transport, qurilish industriyasi, qishloq xo‘jaligi, turizm, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarni rivojlantirishga oid umumiy qiymati 3 trillion so‘mdan ortiq 4,5 mingta loyiha ishlab chiqilib, bu maqsadlar uchun joriy yilning o‘zidayoq banklar, xorijiy investorlar hamda ishbilarmonlar hisobidan 1 trillion 32 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan", — deb hisobot bergan hokimlik.

Ana shunday yirik loyihalardan biri sifatida 2017-2019 yillarda viloyatdagi barcha dehqon bozorlarining qayta rekonstruksiya qilinib, ushbu majmualarda zamonaviy savdo majmualari bunyod etilishi ko‘zda tutilgani ta’kidlangan.

Bozorlarni rekonstruksiya qilish haqidagi qarorlar xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdoni tashkil etish sohasida zamonaviy talablarga muvofiq savdo xizmati ko‘rsatishning ilg‘or tajribasi va yuksak madaniyatini keng targ‘ib qilish, mavjud dehqon bozorlarini mukammal rekonstruksiya qilish singari ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etgani ta’kidlangan.

Buxoroda qayta quriladigan bozorlar ro‘yxati

Hokimlik xabariga ko‘ra, 2017-yilda Buxoro shahridagi "Dilkusho", "Markaziy dehqon bozori", Kogon shahridagi "Sohibkor", G‘ijduvon tumanidagi "G‘ijduvon" dehqon bozorlari, 2018-yilda esa Buxoro shahridagi "Sharq", Kogon shahridagi "Saxovat", G‘ijduvon tumanidagi "Zafarobod", Buxoro tumanidagi "Gala Osiyo dehqonobod", Peshku tumanidagi "Peshku-Navoiy", shuningdek, Olot, Vobkent, Jondor, Shofirkon, Qorovulbozorlari, shuningdek, 2019-yilda Buxoro shahridagi "To‘qimachi" hamda Qorako‘l va Romitan dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi.

Bozorlarning har birida turli tipdagi zamonaviy supermarketlar quriladi, deyilgan xabarda.

Dilkushoning buzilishi sabablari

Hokimlik ayni paytda Buxoro shahridagi yirik savdo majmualaridan biri hisoblangan "Dilkusho" dehqon bozori kapital rekonstruksiya va qayta qurilishi ko‘zda tutilganini aytib o‘tgan.

Alayskiy bazar otkrilsya posle masshtabnoy rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari zamonaviy majmualarga aylantiriladi
O‘tgan asrning 70-yillarida barpo etilgan bozor ham me’moriy yechim, ham aholi xavfsizligi, ham sanitariya nuqtayi nazaridan bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermay qolgan edi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, bozor atrofidagi rastalar, noqonuniy qurilmalarning ko‘pligi, ularning rejasiz joylashtirilganligi xaridorlar harakatlanishiga ko‘pgina noqulayliklar tug‘dirardi.

Ayni ushbu omillar tufayli bozor faoliyatini bugungi zamon standartlariga mos tarzda qayta tashkil etish ehtiyoji tug‘ilgani aytilgan.

"Bu borada yangi ko‘rinishdagi bozor hududi aniqlanib, uning loyihasi bir necha variantlarda ishlab chiqilib, ular orasida eng maqbuli tasdiqlanadi", aniqlik kiritgan hokimlik.

Barcha zarar qonunchilik asosida qoplanadi

Qarorda bozor qurilishi uchun hududlar tayyorlanishi hamda bino va inshootlar buzilishi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bunda savdo do‘koni binosiga egalik huquqi mavjud tadbirkorlar tegishli hujjatlarni viloyat hokimining 2017-yil 31-martdagi qarori asosida tuzilgan hududiy ishchi komissiyasiga taqdim etgan taqdirda ularga yangitdan quriladigan bozor hududidan teng hajmda joy ajratib beriladi, deyilgan.

Hokimlikning buxoroliklarga murojaati

"Euronews" Buxoro gumbazlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi
"Shahar hududida keng ko‘lamli obodonchilik tadbirlari, ko‘p qavatli turar-joy binolari, universal sport majmuasi qurilishi ishlarining amalga oshirilishi ham shahar chiroyiga ko‘rk qo‘shish bilan birga aholini ish bilan ta’minlash, ular turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu dasturlarning amalga oshishi o‘z navbatida hududda turizmning rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bir so‘z bilan aytganda, yuqorida qayd etilgan amaliy harakatlar va istiqboldagi dasturlarning amalga oshirilishi yurtdoshlarimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashlariga ham bog‘liqdir. Zero shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishni istamagan yurtdoshlarimiz bo‘lmasa kerak", — deyilgan hokimlik murojaatida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0