"Euronews" Buxoro gumbazlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi

Obuna bo‘lish
"Euronews" telekanalining "Postcards from Uzbekistan" turkumidan o‘rin olgan navbatdagi dasturi qadimiy Buxoroning mashhur maskanlari - Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon va Toqi Telpakfurushon savdo gumbazlariga bag‘ishlandi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. "Euronews" Buxoro gumbazlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Telekanalning navbatdagi dasturi Buxoroning Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon va Toqi Telpakfurushon savdo gumbazlariga bag‘ishlandi, deb yozadi nashr.

Euronews Aydarko‘l o‘tovlari haqida ko‘rsatuv namoyish qildi
Ko‘rsatuvda Buxoro dunyoda nafaqat masjidlari va mahobatli minoralari, balki XVI asrda bunyod etilgan savdo gumbazlari bilan ham mashhur ekani ta’kidlanadi. "Bu shaharning savdo o‘lka rivojining muhim omillaridan biri bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo markazlaridan biri bo‘lgani bilan bog‘liqdir”.

Sharhlovchi Sheymus Kerni Buxoroda bunday gumbazlar beshta bo‘lgani, biroq bugungi kungacha ularning atigi uchtasigina saqlanib qolgani haqida hikoya qiladi. "Ular uzun yo‘laklar va arklar orqali tutashgan. Bu yerda hozir ham hayot qaynaydi — savdo gumbazlarida ko‘plab mahalliy kishilar va ehtimol, ulardan ham ko‘proq sayyohlarni ko‘rish mumkin".

Ekskursiya rahbari Ravshan Saidjonovning so‘zlariga ko‘ra, gumbazlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamaydi. Bittasida zargarlar o‘tirishgan, boshqasida teri va bosh kiyimlar bilan savdo qilingan, uchinchisida esa yeguliklar sotib olish mumkin bo‘lgan.

"Euronews" Buxoroning savdo gumbazlari tarixni, hunarmandlar mahorati va an’analarni qadrlovchi har bir odamni o‘ziga jalb etishini ta’kidlaydi.

Yangiliklar lentasi
0