Buxoro tez vaqtda tanib bo‘lmas darajada chiroy ochadi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev hunarmandlik bozorini tartibga keltirishni, milliy an’analar aks etgan, zamonaviy rastalar qurishni taklif qilgan

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Yaqin 2-yil ichida Buxoro shahrining markaziy qismi qayta quriladi. Bu shahar markazidagi ko‘chalardan birini O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga qayta nomlash bilan bog‘liq.

Hozirda ushbu ko‘cha qiyofasini o‘zgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan loyiha ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi
Bundan tashqari, Buxoro shahrining G‘ijduvon, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Navoiy ko‘chalarida 57 ta ko‘p qavatli uy quriladi.

"2017—2021 yillarda barpo etiladigan 5, 6, 7 qavatdan iborat bu turar-joylar aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi", — deyilgan O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati tarqatgan xabarda.

Shuningdek, Buxoro shahrining tarixiy qismida an’anaviy hunarmandlik ustaxonalarini jamlagan ikki qavatli uylardan iborat hunarmandlar mavzesi quriladi.

Mirziyoyev hunarmandlik bozorini tartibga keltirishni, milliy an’analar aks etgan, zamonaviy rastalar qurishni taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0