O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari zamonaviy majmualarga aylantiriladi

© Nuz.uzAlayskiy bazar otkrilsya posle masshtabnoy rekonstruksii
Alayskiy bazar otkrilsya posle masshtabnoy rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining "2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Dehqon bozorlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash va zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston prezidentining "2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Bozor - Sputnik O‘zbekiston
Dehqon bozorlarida terminalsiz savdo qilinadi

Hujjatga ko‘ra, dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish maqsadida bozorlar soni va ular egallab turgan maydonlar maqbullashtiriladi hamda bozorlar hududida mijozlarga sifatli servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etgan holda oziq-ovqat va iste’mol tovarlari bilan savdo qilishga mo‘ljallangan to‘rt tipdagi gipermarket, supermarket va minimarketlar ko‘rinishidagi, shuningdek, ularga tutash maydonlarda barpo etiladigan sendvich-panellardan keng foydalanilgan yengil konstruksiyali, vaqtinchalik yig‘ma pavilonlardan iborat zamonaviy savdo majmualari quriladi.

Respublikaning qishloq tumanlaridagi dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan savdo majmualari qurilishi, ular hududini obodonlashtirish va avtoturargohlar tashkil qilishga Milliy bank mablag‘lari, yirik shaharlardagi dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan savdo majmualari qurilishi, ular hududini obodonlashtirish va avtoturargohlar tashkil qilishga birinchi navbatda tadbirkorlar mablag‘lari hisobiga, shu jumladan, tijorat banklarining kamida 5-yil muddatga beriladigan, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshirilmaydigan stavka bo‘yicha kredit mablag‘lari loyihalarni moliyalashtirish manbalari deb hisoblanadi.

Toshkentdagi yangi Compass savdo-markazining maketi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘ta noyob savdo markazi qurilmoqda

Respublikaning shahar va tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon bozorlari hududida quriladigan savdo majmualarining yonida tashkil etiladigan sendvich-panellardan keng foydalaniladigan yengil konstruksiyali savdo pavilonlarini tashkil etishda Milliy bank mablag‘laridan foydalaniladi.

2017 yilning 1-aprelidan boshlab respublika hududlarida 50 ta va undan ortiq savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan barcha dehqon bozorlarida davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan yig‘imning to‘liqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali bir martalik yig‘imlar undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishi majburiy tartibda joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2017-yilning 1-aprelidan boshlab dehqon bozorlariga tegishli hududda joylashgan avtoto‘xtash joylari mazkur bozorlar ixtiyoriga o‘tkaziladi. Avtoto‘xtash joylaridan tushadigan pul tushumlari hisobidan bozorlar va savdo komplekslarning daromadlari oshadi, bu esa bir vaqtning o‘zida bozorlar daromadlaridan davlat budjetiga ajratmalar ortishini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0