TOShKENT, 5-may — Sputnik. Bugun, 5-may kuni O‘zbekistonda yana yer qimirladi. Soat 10:12da qayd etilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball bo‘ldi. O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida ham zilzila kuchini sezishgan, Farg‘ona viloyatida 3,5 ballik zilzila kuzatilgan.
3 may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning episentr Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keldi. Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi. Shuningdek, 4-mayga o‘tar kechasi soat 1:03 da va 4-may kuni kuni soat 16:10 da 2 balli yerosti silkinishlari qayd etildi.
Zilzilaning episentri Tojikiston hududidi bo‘lib, markazda zilzila kuchi 5,7 balni tashkil etgan.
Ijtimoyi tarmoqdagi foydalanuvchilar zilzilalarga nisbatan quyidagi fikrlarni bildirishmoqda:
"Andijonda eudayam uzoq bo‘ldi", — deb yozdi Sirojiddin Muhammad.
"Andijondan 24 km uzoqroqda yashayman, menimcha 5-6 ball qimirladi. Uzun daraxtini tanasini qimirlaganini ko‘rsangiz edi. Yaxshiyami 5-10 sekun qimirladi xolos!!!", — deb yozdi Saydullo Jorayev.
"Devorlardan ovoz chikib ketdi, yaxshigina buldi Kukonda", — deb yozgan Islam Salimov.
Shoaziz Shoraxmedov esa "Toshkentda 4 qavatda ham yomon bo‘lmadi lekin))))", deb qo‘shimcha qilgan.
"Vodiydan Toshkentgacha taxminan 4,7 ball atrofida"- dedi Feruzbek Ziyodullayev.
"Tez tez yer kimirliydigan bo‘p qoldi"- deb yozgan Meena Kothari.
Lola Xomidova esa "Tushunarli, yaqinginada vodiyda bo‘lganini eshitgandim. Xudoyim o‘zi barchamizni omon saqlasin!", deb qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekistonda mazkur holatlarni kuzatib borishni davom etamiz.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.