TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkent va Dushanbeda yana yer qimirladi. Yevropa-O‘rtayerdengizi seysmik markazi xabariga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston sharqida 5,9 balli zilzila qayd etilgan.
Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra, so‘nggi 49 soat mobaynida Tojikistonda beshinchi bor yer qimirlashi holati kuzatilmoqda.
Toshkentda esa to‘rtinchi marotaba.
Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Namangan shahridan 164 km masofada to‘g‘ri kelgan.
Dushanbeliklar so‘zlariga ko‘ra, zilzila oqibatida devorlar qisirlashi eshitilgan.
M5.9 #earthquake strikes 168 km S of #Namangan (#Uzbekistan) 15 min ago. Updated map of its effects: pic.twitter.com/zNhlpznwSx
— EMSC (@LastQuake) 5 maya 2017 g.
"Uzoq vaqt, tebranib silkindi yer", deb yozgan toshkentlik fuqarolardan biri.
"Soat 10:12da kuzatilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball bo‘ldi. O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida ham zilzila kuchini sezishgan, Farg‘ona viloyatida 3,5 ballik zilzila kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3-may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etilgani haqida bir nechta o‘zbek OAVlari xabar berdi.
Zilzila episentri Tojikiston hududida joylashgan bo‘lib, markazda zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil etgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Internet foydalanuvchilari orasida zilzila Qirg‘izistonni ham chetlab o‘tmaganini xabar qilishmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistondagi zilzila 5,7 ballni tashkil qilgan.
"Zilzila episentri(o‘chog‘i) — Dushanbe shimoli-sharqidan 249 km, Farg‘ona janubiy qismining 111 km va Tojikistonning Qora-Kenja qishlog‘idan 18 kilometr masofada qayd etilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.