TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Afg‘onistonning Hindikush tog‘ida, 18-aprel kuni tong soat 4.04 da magnitudasi 5,8 balli yer qimirlashi bo‘lib o‘tdi.
"Toshkent" seysmostansiyasi xabariga ko‘ra, yer qimirlashi markazi Toshkent shahridan 507 km janubi-sharqida joylashgan. Toshkent va Namangan shaharlari hududida yer qimirlashi 2 ballga teng bo‘ldi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer qimirlashi sezilmadi. Zarar ko‘rgan inshootlar yoki jabrlanganlar bo‘lmadi.
O‘zbekiston fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti xabariga ko‘ra, 15-aprel kuni ham O‘zbekistonning Janubi-Sharqida, Afg‘oniston chegarasiga yaqin joyda yer qimirlashi sezilgan.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.