Toshkentda zilzila bo‘ldi

© Getty ImagesSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonliklar zilzila bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilishmoqda

TOShKENT, 3-may — Sputnik. 3 may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etilgani haqida bir nechta o‘zbek OAVlari xabar berdi.

Bomba GBU-5 - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonga tashlangan superbomba Markaziy Osiyoda zilzila keltirib chiqaradimi
Xabarlarda ta’kidlanishicha, Toshkent shahri aholisi 4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishgan. Zilzila Farg‘ona vodiysida ham kuzatilgan. Andijon shahrida zilzila kuchi 3 ballni tashkil etgan. Namangan aholisi ham zilzilani sezgan.

Zilzila episentri Tojikiston hududida joylashgan bo‘lib, markazda zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil etgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan, deb xabar qiladi Kun.uz.

Toshkent seysmologiya markazi tez orada aniq ma’lumotlar taqdim etadi.

O‘zbekistonda oxirgi marta 18-aprel kuni 2 ball kuch bilan zilzila sodir bo‘lgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0