Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i OAV vakillari oldida hisobot berdi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiAloviddin Sultonov
Aloviddin Sultonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i OAV vakillari oldida hisobot berdi. Sultonov Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslar aniqlanib ushlanganini ma’lum qildi

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Bugun Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aloviddin Sultonov viloyatda profilaktika kuni doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida ommaviy axborot vositalari oldida hisobot berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston nashriga Farg‘ona viloyati matbuot-xizmati vakili.

IIB xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Mirziyoyev talabini bajarishga kirishdi
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida diniy ekstremistik oqimlarga moyil bo‘lgan jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 5 nafar shaxslar aniqlanib ushlangan.

Sultonovga ko‘ra, tadbirga jami 7 mingdan ziyod huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari hamda jamoatchilik tashkilotlari vakillari jalb etildi.

O‘quvchilarning ta’lim muasasalariga muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida 544 ta ta’lim muassasalarida "Davomat" tadbirlari o‘tkazildi, shundan 361 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 135 ta kollej va akademik litseylarda 48 ta boshqa joylarda o‘tkazilishi ta’minlandi.

Sababsiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmaganligi aniqlangan o‘quvchilar bo‘yicha 50 nafar ota-onalarga, 3 nafar ta’lim muassasasi xodimlariga choralar ko‘rilib, 213 nafar o‘quvchilar ta’lim jarayoniga qaytarildi.

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiVstrecha UVD Ferganskoy oblasti so SMI
Vstrecha UVD Ferganskoy oblasti so SMI - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha UVD Ferganskoy oblasti so SMI

Hududlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar tomonidan fuqarolarning har qanday murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni hal etish, ijtimoiy huquqiy masalalarda yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida 29 ta xalq qabulxonalarida sayyor qabullar tashkil etilib, 71 nafar fuqarolar bilan suhbatlashildi, shu bilan birga 42 ta sayyor sudlar o‘tkazildi.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada IShID tarafdori 4-yilga qamaldi
Aholining turmush tarzini o‘rganish, halq ichiga to‘liq kirib borish, xududlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan bohabar bo‘lish, mahallalarni to‘liq qamrovga olish maqsadida viloyatda mavjud 1037 ta mahallalardagi 24 249 ta xonadonlar o‘rganib chiqildi.

Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni aniqlab ushlash, shuningdek, diniy ekstremistik oqimlarga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash, maxsus hisobda turgan bu toifadagi shaxslar va ularning oila azolari bilan tezkor-profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jinoyat uchun jazoning muqarrarligi tushuntirildi.

Natijada, muqaddam sodir etilib fosh etilmagan 2 ta jinoyatlar fosh etilishiga erishildi, 5 nafar qidiruvdagi shaxslar aniqlanib ushlandi.

Yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha 393 marotaba uchrashuv va tushuntirish ishlari o‘tkazildi, yo‘llarda harakatlanayotgan 7856 ta transport vositalari tekshirib chiqildi, 711 ta turli qoidabuzarliklar aniqlanib qonuniy choralar ko‘rildi.

Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida qo‘riqlash xizmati tomonidan tegishli profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, 15 ta obyektlar texnik qo‘riqlash pultiga ulandi, 25 ta obyektlarga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi ta’minlandi.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘smirlarga diniy ta’lim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi
"Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tashabbuslari bilan har haftada viloyatimizda o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlariga aholimizning ijobiy yondoshganligi, jamoatchilik vakillari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligi natijasida viloyatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sezilarli darajada kamayishiga erishilmoqda. Albatta buning uchun jamoatchilik vakillariga va shu profilaktika tadbirlarida jonbozlik ko‘rsatib qatnashgan aholimizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Shu bilan birga biz xotirjamlikka berilishga, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Biz hozirgi kunda erishgan yutuqlarimizga katta baho berib o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, jinoyat va huquqbuzarliklarni jilovini qo‘ldan boy berib qo‘yishimiz mumkin", — dedi viloyat IIB boshlig‘i.

Keng jamoatchilik bilan hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida bu haftada jinoyatlar bir muncha kamayishiga erishildi. Lekin gunga qaramay 58 ta jinoyat qayd etilgan.

Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi ma’muriy javobgarlikka tortildi
"Sodir etilgan jinoyatlarning turlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bezorilik, o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, fohishaxona saqlash, narkotik moddalarni saqlash va sotish kabi holatlar kuzatildi. Viloyatimizda har bir jinoyatning sabablari, sodir etilishiga imkon bergan omillar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarimiz, ish natijalarimizga tanqidiy baho berib o‘rganilmoqda va ushbu jinoyat sodir etilgan joyda hamda jinoyat sodir etgan shaxsning yashash joyida keng jamoatchilikni jalb qilib muhokama qilinmoqda", — qo‘shimcha qildi IIB rahbari.

"Ishonch bilan aytamanki, viloyatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, uni fosh etish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha viloyat ichki ishlar organlarining barcha xodimlari o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni mas’uliyat bilan ado etadilar" — deb o‘z nutqini yakunlagan Sultonov.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0