Farg‘onada IShID tarafdori 4-yilga qamaldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IG emissarlari farg‘onalik bu shaxsni u Moskvada ishlab yurganida o‘z saflariga da’vat qilishgan

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tuman sudida Farg‘ona viloyatida yashovchi Nodirjon Azizov diniy-ekstremistik faoliyat yuritgani uchun sudlandi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Azizovni 2014-2015 yillarda Moskvadagi qurilishlarda ishlab yurgan paytida "Islom davlati" ekstremistik harakati emissarlari o‘z saflariga da’vat qilishgan.

Qamoqxona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xalifalik o‘rnatmoqchi bo‘lganlar sudlandi

"U o‘zining "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga IShID bayrog‘i tasvirini hamda ushbu terrorchilik guruhini targ‘ib qiluvchi materiallarni joylagan. Shuningdek, u diniy-ekstremistik tashkilot yetakchisi Abdulloh Buxoriyning da’vatlarini tinglagan va sinfdoshlari N.Sotvoldiyev, Sh.Mirzokarimov, Yu.Payg‘ambarqulov hamda boshqa tanishlarini IShIDga qo‘shilishga da’vat qilgan", — dedi MXX vakili Sputnik muxbiriga.

Azizovning akkaunti va uyali telefonida topilgan materiallar ekspertiza xulosasiga ko‘ra ekstremistik va milliy, irqiy, etnik, diniy rahna soluvchi, O‘zbekiston jamoat xavfsizligiga tahdid qiluvchi ruhda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Sud jinoyat ishini ko‘rib chiqib Nodirjon Azizovni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha 4-yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqardi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0