Farg‘onada o‘smirlarga diniy ta’lim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi

© AP Photo / Pavel RahmanUchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov
Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surishtiruv davomida mazkur shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda tashkil etilgan "xujrada" Respublikamizning Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlarida xamda viloyatning Oltiariq, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik va Furqat tumanlarida yashovchi, turli yoshdagi jami 21 nafar o‘smir va voyaga yetmaganlar diniy ta’lim olayotganliklari aniqlandi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Buvayda tumani ichki ishlar bo‘limi xamda boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro Nizomov maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan (xususiy tartibda) saboq berib kelayotganligi aniqlangan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

INTERPOL logotipi - Sputnik O‘zbekiston
Interpol qidirayotgan o‘zbekistonlik o‘ta xavfli retsidivist Peterburgda qo‘lga olindi
"Surishtiruv davomida mazkur shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda tashkil etilgan "xujrada" Respublikamizning Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlarida xamda viloyatimizning Oltiariq, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik va Furqat tumanlarida yashovchi, turli yoshdagi jami 21 nafar o‘smir va voyaga yetmaganlar diniy ta’lim olayotganliklari aniqlandi", — deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan mazkur ushbu shaxsning yashash xonadonidan 50 dona turli arab yozuvidagi diniy kitoblar, 14 dona daftarlar, 11 dona radiopriyomniklar, 6 dona lavhlar, 4 dona sim kartalar, 2 dona disklar,  1 dona fleshkarta, 1 dona chip kelgusida tadqiqot o‘tkazish uchun daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari davom ettirilayotgani aytilgan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0