TOShKENT, 2-may — Sputnik. AQSh Federal tergov burosi (FBR) xodimasi 2014-yilda "Islom davlati" jangarisiga turmushga chiqqan edi. So‘z terrorchilik uyushmasining taniqli jangarisi, germaniyalik Denis Kaspert haqida ketmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Biroq, "xalifalik"dagi oilaviy hayot uzoq davom etmadi. Bir necha kundan so‘ng, ayol AQShga qaytdi va u yerda xibsga olindi.
"Daniela Grin sud tomonidan 2-yil qamoq jazo bilan jazolangan. Ozodlikka o‘tgan yilning yozida chiqqan edi" — deb aniqlik kiritadi CNN.
Denis Kaspert haqida so‘z
Denis Kaspert 1975-yilda Berlinning Kroysberg tumanida (onasi — nemis, otasi — Ganalik) dunyoga kelgan. Otasi oilani tashlab ketgan. Bo‘lajak jangarini onasining yangi turmush urtog‘i, Amerika armiyasi zobiti tarbiya qiladi.
Shundan so‘ng, u Misrga jo‘naydi va u yerdan Suriyaga o‘tadi. 2014-yilda Kaspert "Islom davlati" rahbariyatiga sodiqlik qasamini ichadi va uyushmaning targ‘ibot roliklarida faollik bilan tasvirga tusha boshlaydi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, sobiq repper "Islom davlati"da nemis tilida targ‘ibot o‘tkazish bo‘yicha eng ko‘zga ko‘ringan vakillardan biri bo‘lgan. 2015-yil fevral oyida AQSh davlat departamenti uni o‘ta xavfli xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.
Amerika OAVlariga ko‘ra, 2015-yil oktabr oyida AQSh Harbiy Havo Kuchlari hujumi natijasida sobiq repper halok bo‘lgan. Bir qancha vaqtdan so‘ng, uning o‘limini "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ham tasdiqlagan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.