IIV qidiruvdagi terrorchilar haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqda joylashtiradi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnie seti
Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV rahbari O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan barcha shaxslar haqidagi ma’lumotlar xorijdagi hamkorlarga taqdim etilishini, lekin ayrim davlatlarda qidiruvdagi shaxslarga "qochoq" maqomi berilayotganligini ma’lum qildi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston IIV ekstremistik va terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiradi, deb xabar berdi RIA Novosti O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga asoslanib.

"Yaqin vaqt ichida yana bir chorani qo‘llashni rejalashtirganmiz, barcha turdagi terrorchilar, jinoyatchilarga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilamiz va boshqa mamlakatda ularga ish, joy bergan har bir fuqaro ularning kimligini bilishi uchun Facebookdagi ijtimoiy kanallar orqali ular haqidagi ma’lumotlarni tarqatamiz. Shunday qilamiz, deb o‘ylayman", — dedi Azizov.

Militsiya maxsus otradlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "OMON" tiklandi

IIV rahbari O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan barcha shaxslar haqidagi ma’lumotlar xorijdagi hamkorlarga taqdim etilishini, lekin ayrim davlatlarda qidiruvdagi shaxslarga "qochoq" maqomi berilayotganligini ma’lum qildi.

Azizov xorijda, masalan, Rossiya va Turkiyada bir muddat bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelganlaridan so‘ng o‘z vatandoshlariga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatishlari mumkinligini qayd etdi.

"Islom dini asoslarini bilmagan holda Rossiyadagi ko‘plab fuqarolarimiz Kavkazortidagi vahhobiylar jamoatlariga qo‘shilib qolmoqda va shu yo‘ldan ketmoqda. Aldash, katta maosh berish taklifi ostida fuqarolarimizni Turkiyaga, u yerdan Suriyaga jo‘natish hodisalari ko‘plab uchramoqda", — dedi ichki ishlar vaziri.

Uning aytishicha, shu munosabat bilan O‘zbekistonda keng miqyosdagi tezkor-surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

"Yashirmayman, deyarli har kuni mamlakatga qaytgan va vahhobiylik g‘oyalarini targ‘ib qilishni boshlagan kishilarni fosh etamiz. Ko‘plab urinishlarga barham bermoqdamiz", — dedi Azizov.

Maxsus bo‘linma harakatlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etiladi

Bugun Toshkentdagi Xalqaro matbuot klubida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha strategiyaning ichki ishlar organlari faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Unda ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov, O‘zbekiston IIV YHXBB boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev, Toshkent ShIIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov ishtirok etdi. Yig‘ilishda shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, nodavlat notijorat tashkilotlari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, "Kamolot" YoIH, "Mahalla" jamoatchilik fondi va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0