TOShKENT, 24 dek — Sputnik. “Iroq go‘zali” tanlovining yigirma yoshli g‘olibasi Shayma Kasem “Islom Davlati” terrorchilari tomonidan “intim jihod”ga da’vat qilinayotgani, bosh tortadigan bo‘lsa, o‘ldirilishi haqidagi gap-so‘zlar shunchaki mish-mish ekanini ta’kidlamoqda, Sputnik Arabic xabari asosida.
"Menga hech kim o‘lim yoki boshqa narsa bilan po‘pisa qilgani yo‘q", — izoh berdi Iroq go‘zallik malikasi.
Shayma Kasem rasmiy vakili bo‘lmish “Iroq go‘zali” tanlovi hay’at a’zosi Sinan Kamel ham sohibjamolga hech kim tahdid qilmagani, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlar asossiz yolg‘on ekanligini tasdiqladi.
#Kurdish girl Shayma Qassim from #Kirkuk receives the Miss Iraq 2015, first Miss Iraq beauty contest in 40 years. pic.twitter.com/39C3mpfTpj
— Duhok Post (@Duhokpost) 19 dekabrya 2015
Bundan sal vaqt oldin bir qancha arab OAVlari aniq manbani keltirmagan holda, bir xildagi yangiliklarni takror va takror nashr etishgan edi.
Ular “Islom Davlati” terrorchilari “Iroq go‘zali”ni jinsiy xizmat ko‘rsatishga da’vat qilayotgani, bordiyu, qiz “intim jihod”ga rozi bo‘lmasa, o‘ldirilishi mumkinligi haqida yozishgan edi.
Iroqning Qirko‘k shaharchasida tug‘ilgan Shayma Kasem 2015-yilning 19-dekabrida “Iroq go‘zallik qirolichasi” unvoniga sazovor bo‘lgan.