Qizlarni Rossiyaga "jinsiy qullik"ka jo‘natmoqchi bo‘lganlar jazolandi

Obuna bo‘lish
"Zamonaviy qullar"ni Rossiyaga jo‘natish xarajatlarini tashkilotchilar o‘z zimmalariga olishadi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi qizlarni aldov yo‘li bilan xorijga jo‘natib, ulardan jinsiy qul sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan Rossiya va O‘zbekiston fuqarolarining ishi ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi suddagi manba Sputnik muxbiriga.

Razan shahridagi uyushgan jinoiy guruhlardan birining a’zosi fohishalik qilishga majburlab foyda olish maqsadida O‘zbekistondan qizlarni olib kelishni o‘ylab qoldi.

"O‘ylagan g‘oyasini amalga oshirish uchun Rossiya fuqarosi, Razandagi uyushgan jinoiy guruh a’zosi, 36 yoshli Roman Savchenko Samarqanddagi qarindoshi, 39 yoshli Zulfiya Bahodirovaning oldiga keladi. Ayol pul evaziga qurbonlarni topib berishga rozi bo‘ladi", — dedi sud vakili.

Ayollar oyog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Qozog‘istonga "odam savdosi" to‘xtatildi

Zulfiya Bahodirova Rossiyaga bir necha marta chiqib keladi va Samarqanddagi ayollarni Razandagi yuqori maosh to‘lanadigan ofitsiant, sotuvchilik ishlariga joylashtirib qo‘yishni taklif qiladi.  Uning bu taklifiga uch nafar qizlar rozi bo‘lishadi va ularga aviabilet sotib olinadi. "Zamonaviy qullar"ni Rossiyaga jo‘natish xarajatlarini tashkilotchilar o‘z zimmalariga olishadi. Qizlar esa ketgan xarajatni ishlab uzishlari kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tezkor-qidiruv tadbiri doirasida Samarqand xalqaro aeroportida o‘zbekistonlik uch qizni Rossiyaga olib ketishga uringan Roman Savchenkoni Samarqand-Moskva reysi bo‘yicha chegara nazoratidan o‘tayotganida qo‘lga olishdi. Shuningdek, tezkor xodimlar mazkur jinoyatni sodir etishda sherik bo‘lgan Zulfiya Bahodirovani ham ushladilar.

Ayblanuvchilar sudda o‘z ayblariga to‘liq iqror bo‘lishdi va qilmishlaridan pushaymonliklarini bildirishdi. Sud hukmiga ko‘ra Roman Savchenko O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi ("Odam savdosi")da ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash sharti bilan 5-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Zulfiya Bahodirovaga ham xuddi shu modda bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0