Hamma hayratda: Tramp Obamani haqoratlagan rahbarni Vashingtonga taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Obamani "itvachcha" deb haqoratlagach, butun dunyo OAVlari e’tiboriga tushgan edi. AQShning 45-prezidenti Donald Tramp, o‘sha, Obamani haqoratlagan prezidentni Oq Uyga taklif qildi va bu harakati bilan AQSh Davlat departamentini hayratda qoldirdi

TOShKENT. 1-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Filippin rahbari Rodrigo Duterte bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi va uni Qo‘shma Shtatlarga taklif etdi. AQSh OAVlariga ko‘ra, bu AQSh Davlat departamenti uchun kutilmagan taklif bo‘ldi.

Filippin orollari prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Obamani haqoratlagan Duterte Trampning olqishiga sazovor bo‘ldi
Tramp va Duterte telefon orqali Shimoliy Koreadan kelayotgan xavf-xatarlar va Filippin hukumati tomonidan giyohvandlikka qarshi kurash masalalarini keng muhokama qilishgan.

Oq uy ushbu suhbatni "juda do‘stona munozara", deb baholagan. Tramp ma’muriyati xabarida "Prezident Trampga munozara yoqdi", — deb aytilgan. Amerika rahbari noyabr oyida Sharkiy-Osiyo sammitida ishtirok etish uchun Filippinga tashrif uyushtirishi rejalashtirilgan. Tramp Duterteni Vashingtonga "Amerika-Filippin ittifoqidagi ahamiyatli masalalarni muhokama qilish" uchun taklif qilganligi qayd etilgan.

Muzokaralardan avvalroq, Tramp Filippin prezidenti bilan Korea yarimorolidagi urush xavfi haqida suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Korea rahbari Kim Chen In "shunchaki dunyo hayotiga nuqta qo‘ymoqchi".

"Aynan shuning uchun u baxtiyor, va tinmay tabassum qilmoqda", — deya fikr bildirgan Duterte Shimoliy Koreyada 29-aprel kuni o‘tkazilgan ballistik raketalar sinovi haqida to‘xtalar ekan. Eslatib o‘tamiz, raketalar sinovi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan edi.

AQSh Davlat departamenti hayratda

New York Times nashriyoti xabariga ko‘ra, Dutertening tashrif vaqti aniq emas, lekin ushbu taklif AQSh Davlat departamenti va AQSh Milliy xavfsizlik kengashi uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ayni vaqtda ular huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan bildirilishi mumkin bo‘lgan tanqidlarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Sababi, Dutertening narkotik bilan bog‘liq odamlarni sud qilmasdan "narigi dunyoga jo‘natgani" va bu haqda ommaga maqtangani haqidagi xabarlar allaqachon butun dunyoni aylanib chiqqan.

Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Filippin prezidenti BMTga o‘t qo‘ymoqchi
Filippin prezidenti o‘tgan yili may oyida hukumat tepasiga kelgandan keyin giyohvandlikka qarshi shiddatli urush e’lon qildi. BMTning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davr mobaynida giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan 6 mingdan ortiq odamlar o‘ldirilgan, shu jumladan, ularning ma’lum qismi tergov jarayonida hayotdan ko‘z yumgan.

Jahon hamjamiyati ushbu kurash uslublarini atroflicha muhokama qilgan, lekin Duterte halqaro inson huquqlarini himoya qilish uyushmalari, BMT, AQSh va Yevropa ittifoqi davlatlariga Filippin ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat bergan edi.

Donald Tramp prezidenlik saylovlarida g‘olib bo‘lgach, AQSh va Filippin rahbarlari o‘rtasida dekabr oyida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan. O‘sha paytda, Dutertening so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonga tashrifni amalga oshirish masalasi ham muhokama qilingan. Bundan tashqari, Filippin prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Tramp Dutertening giyohvandlikka qarshi kurashish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Ammo inson huquqlarini himoya qiluvchilar Dutertega, u davlat rahbari bo‘lishiga qaramasdan, AQShga tashrif vizasi berilishi mumkinligiga shubha bilan qarashmoqda, deb yozadi New York Times.

"Aslida Dutertening narkotiklarga qarshi qonli urushini qo‘llab-quvvatlashi kelgusidagi qotilliklarga Tramp ham sherik bo‘ladi", — deya fikr bildirgan inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot — Human Rights Watch uyushmasi vakili.

Shu bilan birga OQ uy apparati boshlig‘i Rayns Pribas ABC telekanaliga bergan intervyusida, ikki davlat prezidentlari uchrashuvi Shimoliy Korea mummosini hal qilish uchun juda muhim bo‘ladi, chunki AQShga Tinch Okean mintaqasidagi o‘zaro hamkorlar zarur, deb aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Duterte AQSh sobiq prezidenti — Barak Obamaga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgach va uni haqoratlagach tanilib ketgan edi.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
“Ahmoq”dan “kampir”gacha: siyosatchilar bir-birlarini qanday “siylashadi”
U Obamani "itvachcha", deb haqoratlagan, va Vashingtondan Filippinga bo‘yniga ip bog‘langan itdek qaramaslikni talab qilgan. Shuningdek, AQSh bilan "vidolashish" vaqti keldi, deb aytib, Amerika qo‘shinlarining Filippinda joylashtirilishi haqidagi bitimni bekor qilaman, deya dag‘dag‘a qilgan.

"Men davlat rahbari sifatida faoliyatimni yakunlaydigan vaqt kelganida, o‘z yurtimda nafaqat Amerika, balki hatto Afrika yoki Xitoy yoki yana bir boshqa xorij qo‘shinlarini ko‘rishni xohlamayman", — deb aytgan o‘shanda Duterte.

Lekin Tramp saylovlarda g‘olib chiqqach, Filippin yetakchisi tahdidlarga boy tonini pasaytirdi, u yangi Amerika yetakchisida o‘ziga o‘xshash tomonlarni ko‘rdi. U Trampni "haqqoniy va pragmatik mutafakkir" deb atab, u bilan ishlarni olib borish mumkin, deya ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0