Obamani haqoratlagan Duterte Trampning olqishiga sazovor bo‘ldi

© AFP 2023 / ROSLAN RAHMANFilippin orollari prezidenti Rodrigo Duterte
Filippin orollari prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filippin prezidentining giyohvand moddalarga qarshi kurash usuli dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralangan edi. AQShning yangi saylangan prezidenti esa Dutertening ushbu kampaniyasiga "oq yo‘l" tilagani xabar qilinmoqda

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Filippin orollarining prezidenti  Rodrigo Duterte bilan telefon orqali bog‘langan va suhbat davomida mamlakatda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi kurash usullarini ma’qullagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Noto‘g‘ri tushunishdi: Filippin prezidenti Obamani haqoratlagani uchun tavba qildi
Eslatib o‘tamiz, Filippin orollari rahbari Duterte joriy yilning 30-iyun kuni rasman prezident etib tayinlangach, mamlakatda og‘ufurushlarni yo‘q qilishga qaratilgan maxsus operatsiya o‘tkazishga buyruq bergan. U bu orqali  orollarda giyohvand moddalar tarqatilishi muammosiga to‘liq chek qo‘yishga ahd qilgan.

Aytish joizki, Filippin prezidentining giyohvand moddalar savdosiga qarshi bu kabi keskin kurash usuli dunyo hamjamiyati, shu jumladan AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan keskin qoralangan edi. AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp esa Dutertening ushbu kampaniyasiga "oq yo‘l" tiladi, deb yozgan nashr.

Filippin hukumati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni Filippin rahbari va AQShning yangi saylangan prezidenti telefon orqali "o‘ta qiziq va jonli" suhbat qurishgan. Yetti daqiqa davom etgan telefon qo‘ng‘irog‘i davomida, Tramp Duterteni 2017-yilda Oq Uyni ziyorat qilishga taklif etgan.

Filippin bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Filippin orollarining yangi prezidenti og‘ufurushlarni o‘ldirishga buyruq berdi

"Va u mening kampaniyamga omad tiladi", — deya bayonot qilgan Duterte telefon suhbatidan so‘ng. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp mamlakatda og‘ufurushlikka qarshi qaratilgan kurash "o‘ta to‘g‘ri" olib borilmoqda, degan fikrni bildirgan.

Duterte hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab mamlakatda og‘ufurushlar o‘ldirilishi holati 200% ortgan. Politsiya tomonidan tarqatilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 3 ming kishi shu vaqt oralig‘ida sud va tergovsiz o‘ldirib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0