Filippin prezidenti BMTga o‘t qo‘ymoqchi

© AFP 2023 / ROSLAN RAHMANRodrigo Duterte
Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte "BMTni yoqib yuborish" bilan tahdid qildi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTni yoqib yuborish bilan tahdid qildi, deb xabar beradi Sputnik Moldova RIA Novostiga asoslanib.

"Siz BMTga shikoyat qilishingiz mumkin, men esa BMTga o‘t qo‘yaman, agar istasangiz. Agar Amerikaga borsam, BMTni yoqib yuboraman", — dedi Duterte.

Ilgariroq BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn Dutertening ilgari qotillik qilgani haqidagi so‘zlaridan so‘ng Filippin hukumatini tekshiruv o‘tkazishga chaqirgandi. Shundan so‘ng Duterte uni "ahmoq" deb atagandi.

BMTning ma’lumot berishicha, Duterte hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab mamlakatda narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 6 mingdan ortiq kishi o‘ldirib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0