TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Yuqori va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi O‘rta maxsus kasb ta’lim markazi va KNAUF kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda 4-hududiy professional mahorat tanlovi o‘tkazildi, deb xabar berdi KNAUF kompaniyasi matbuot-xizmati.
Bu yilgi tanlovda Marg‘ilonlik jamoa yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etib, ilk bora g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Buxoro arxitektura-qurilish kasb-xunar kolleji talabalariga nasib etdi. Izboskan qurilish-kommunal kolleji talabalari esa finalchilar qatoridan o‘rin olib, uchinchi pog‘onani zabt etdilar.
Birinchi o‘rin egallagan jamoa vakillari Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan professional mahorat tanlovida qatnashish imkonini qo‘lga kiritdilar.
Tanlov nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishni ko‘zda tutuvchi yuzma-yuz kuch sinashuvdan tashkil topib, bunda ishlarning bajarilish sifati, texnologiyalarga amal qilinganlik va bir qator boshqa qo‘shimcha kriteriylar asosida baxolanadi. Tanlov ishtirokchilari yetarli nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini, kasbga oid mahorat, yuqori mehnat madaniyatini namoyish etishlari, kasbga oid leksikani o‘zlashtirgan bo‘lishlari, amalda zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalana olishlari, xususan asbob va materiallarni qo‘llash va mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish mahoratiga ega bo‘lishlari kerak.
Tanlovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlar O‘MKT Markazi, Marg‘ilon qurilish kasb-hunar kolleji va KNAUF kompaniyasi xodimlaridan tashkil etilgan Tanlov Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshirildi.
Avvalgi uchta professional mahorat xududiy tanlovlar KNAUF kompaniyasi tomonidan 2014, 2015 va 2016-yillarda Buxoro, Toshkent va Samarkandda, O‘rta maxsus kasb ta’lim markazi ko‘magida o‘tkazilgan. Tanlovlar ushbu kasb o‘quvchilarining yuqori darajadagi tayyorgarligini ko‘rsatdi.
Shuni alohida ta’kidlash joyizki, bu yilgi tanlovda ilk bora ko‘hna Xorazmdan ayollar jamoasi ham ishtirok etdi. Afsuski, qiz-talabalar final o‘rinlariga ega bo‘lmadilar. Ammo shunga qaramay, ular barcha kuzatuvchilar tomonidan chin-dildan qo‘llab-quvvatlandilar. Bo‘lajak qurilish qiz-ustalari berilgan vazifani bajarishda yaxshi natijalarni ko‘rsata oldidlar. Shu bois jamoa a’zolaridan biri OAV vakillarining e’tiborini qozonib, mahsus esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Tanlov bir qatorda kollej hududida KNAUF kompaniyasining ustalari tomonidan mahorat-soati ham o‘tkazildi. Ushbu tabdir chog‘ida qatnashchilar e’tiboriga Knauf Brown (Bodenplatten) GKB tizimi namoyish etildi. Knauf Brown tizimi – bu quruq pollar barpo etish usuli bo‘lib, pollarni yotkizishda yengil gipskarton plitalaridan foydalaniladi. Ushbu plitalar qoplamlardagi tovush va issiqlik izolyatsiyasini ta’minlaydi va xonalar ichida qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
KNAUF xalqaro guruhi ta’lim va professional kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratadi.
Ushbu kelishuvning muhim jihati "Qurilish-pardozlash ishlari ustasi" qurilish kasbi bo‘yicha o‘quvchilarda amaliyotga oid malakani oshirish sohasidagi hamkorlik bo‘lib, uning professional kurslari KNAUF to‘plamli tizimlarini yig‘ish texnologiyasini o‘z ichiga olgan. Ayni vaqtda, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim O‘zbekistonning turli xududlarida joylashgan 15 nafar kasb qurilish kollejlarida olib borilmoqda.
Qurilish kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida Professional mahorat bellashuvlarini o‘tkazish ilg‘or mehnat usul va metodlarini, o‘sib borayotgan texnologiyalarni keng tarqatish va tatbiq qilish, professional tayyorlov sifatini oshirish, shaxs va uning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, tanlov ishtirokchilari orasidan eng yaxshi individual ko‘rsatkichlarni aniqlash, bundan tashqari ishchi kasblarni ommalashtirishga imkon beruvchi mehnat musobaqalarining eng samarali ko‘rinishidir.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.