O‘zbekistonda yoppasiga arzon uylar qurilishi boshlanadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishNamunaviy loyihadagi uy qurilishi
Namunaviy loyihadagi uy qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqilmoqda

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Mazkur hujjat doirasida uy quruvchilariga soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa imtiyozlar taqdim etish orqali quriladigan uylarning tannarxini sezilarli ravishda pasaytirish taklif etilmoqda, deb xabar berdi Iqtisodiyot vazirligidagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Bundan tashqari, asosiy qurilish materiallari va buyumlarga qurilish-pudrat tashkilotlarining xarajatlari maqbullashtiriladi. Mazkur yo‘nalishda foydalaniladigan qurilish materiallari va mahsulotlarining narxini nazorat qilish joriy etilishi mumkin.

"Yangi dasturda o‘zbekistonliklar uchun yangi namunadagi uy-joylar barpo etish ko‘zda tutilgan. Ular to‘rt xil yangi namunadagi, qulay va arzon uy-joylar bo‘ladi. Dastur besh yilga mo‘ljallangan. Dasturni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kreditlari jalb etilishi mumkin", — dedi manba.

Hukumat kelasi yildayoq ehtiyojmand oilalar uchun boshlang‘ich to‘lov hajmini ikki barobar kamaytirib, to‘rt xil yangi namunadagi, qulay va arzon, bir va ikki qavatli 15 mingta zamonaviy uy-joy barpo etish mo‘ljallamoqda.

Namunali loyihalar asosida qurilgan uylar - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq joylarda yangi uylar qurilishiga 700 mln $ ajratildi

Bu uylarning o‘ziga xosligi ipoteka kreditining aholi uchun ancha qulayligida hamdir.

Masalan, bugungi kunda uy quruvchilarning yakka tartibdagi uy-joy barpo etish uchun boshlang‘ich badali 25 foizni tashkil etadi.

Dasturga muvofiq esa, badal miqdori 15 foizgacha kamaytiriladi. Shu bilan birga, uy quruvchilarga 3-yillik imtiyozli davr va birinchi 5-yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi stavkasi bilan 15-yil muddatga ipoteka kreditlari beriladi. Bundan keyingi davrda kreditning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yetti yil davomida qishloq joylarda 70 mingga yaqin turarjoy bunyod etildi. Bu maqsadlarga tijorat banklari tomonidan 4,3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Yangiliklar lentasi
0