O‘zbekiston 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuboradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGongkong
Gongkong - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda "LT Tekstil Interneyshn" qo‘shma korxonasi direktori Chen Ji xabar qilgan

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Joriy yilda 60 nafar kollej bitiruvchisini Xitoyga malaka oshirishga yuborishni rejalashtirganmiz, deb aytgan LT Tekstil Interneyshn" qo‘shma korxonasi direktori Chen Ji, deb xabar qilmoqda Navoiy viloyati Zarafshon shahar hokimligi rasmiy saytida.

Chen Jining so‘zlariga qaraganda, bugun jahon bozorida O‘zbekistonda yetishtirilshayotgan paxtaga talab katta.

Xitoy O‘zbekistonga o‘z kemalarini yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy O‘zbekistonga o‘z kemalarini yubordi
"Mamlakatingizda yetishtirilgan paxta sifati va tolasining pishiqligi bo‘yicha dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Paxtadan tayyorlangan mahsulotlar ikki barobar ko‘p daromad keltiradi. Kompaniyamiz bu imkoniyatlarni har tomonlama chuqur o‘rgandi. Kompaniyamiz rahbarlari O‘zbekistonda bir necha marta bo‘lib, bu yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekistondagi chet ellik investorlarga yaratilgan qulay muhit bizga har tomonlama ma’qul bo‘ldi", — deb ta’kidlagan u.

To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "LT Tekstil Interneyshnl" qo‘shma korxonasida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlab, bozorga tayyor mahsulot chiqarish mo‘ljallangan.

"Birinchi bosqichda paxta tolasidan ip-gazlama ishlab chiqariladi. Bu jarayon joriy yilning ikkinchi choragidan boshlanadi. Ikkinchi bosqich 2018-yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishib, uni tezroq ishga tushirish choralarini ko‘rishni taklif qildi. Bu taklif bizga ham ma’qul bo‘ldi", — deya qo‘shimcha qilgan Chen Ji.

Yangiliklar lentasi
0