IIV huzuridagi Tergov Departamenti tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga odam izlayapti

© Sputnik / StringerIIV xodimlari ish vaqtida
IIV xodimlari ish vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov Departamenti organlarining tuman-shahar bo‘limlariga tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga nomzodlar qidirilmoqda

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov Departamenti organlarining tuman-shahar bo‘limlariga tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlar uchun tanlov e’lon qilinadi, deb xabar qilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

O‘zbek militsiya xodimlarining paturl mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV ishchi-xizmatchi lavozimlariga da’vogarlarni izlayapti
Mavjud bo‘sh o‘rinlarni malakali xodimlar bilan jamlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining amaldagi buyrug‘ining quyidagi talablariga mos keladigan:

— bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan;

— oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan;

— Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik xizmatni o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan;

— ichki ishlar organlariga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqquniga qadar 30 yoshga to‘lmagan;

— belgilangan tartibdagi hujjatlarni to‘liq taqdim etgan;

O‘zbekiston IIV Akademiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar Akademiyasida sirtdan o‘qish mumkin bo‘ladi
-O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sohaga oid amaldagi buyrug‘i talablari asosida boshlang‘ich suhbatdan o‘tgan;

— tegishli sinovlarni (diktant, individual psixologik test, sport normativlarini) topshirgan;

— harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tgan;

— mutaxassisligi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda amaliyotni o‘tagan;

— yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan;

— o‘z xalqi oldidagi burchlarini to‘la-to‘kis anglaydigan, xizmat vazifasiga sadoqatli, mas’uliyatni yuqori darajada his etadigan, qat’iyatli va teran fikrlash qobiliyatiga ega, fidoyi, vatanparvar, jamiyatda yuz berayotgan voqea va hodisalar mohiyatini teran anglab, ular yuzasidan shaxsiy fikrini bildira oladigan, davlat siyosatini qat’iyat bilan, og‘ishmay hayotga tatbiq qilib, davlat va xizmat sirlarini saqlab, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini so‘zsiz bajaradigan;

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni
-o‘zi va uning yaqin qarindoshlari qonunga itoatkor ruhida tarbiyalangan, boshqalarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan, xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti organlarining tuman-shahar bo‘limlariga tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga xizmatga qabul qilinadi.

Nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boshqarmalariga murojaat qilishi mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0