Ichki ishlar Akademiyasida sirtdan o‘qish mumkin bo‘ladi

© podrobno.uzO‘zbekiston IIV Akademiyasi
O‘zbekiston IIV Akademiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademiya kelgusi o‘quv mavsumida qabul kvotalarini ham oshirishi mumkin. Bu bilan soha vakillarining professional tayyorgarlik ko‘rishi va ta’lim olishiga imkoniyat paydo bo‘ladi

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasida ayni vaqtda vazirlik tuzilmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun sirtdan ta’lim olish imkoniyatini yaratishni rejalashtirmoqda.

Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda militsiya yangi forma kiyadi
Akademiya kelgusi o‘quv mavsumida qabul kvotalarini ham oshirishi mumkin. Bu bilan soha vakillarining professional tayyorgarlik ko‘rishi va ta’lim olishiga imkoniyat paydo bo‘ladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-aprel kuni "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida aytib o‘tilgan.

Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar organlari qayta tashkil qilinmoqda
Bundan tashqari, O‘zbekiston Ichki ishlar organlari mamlakat fuqarolarini xizmatga qabul qilishi haqida xabar qilgan edik.

IIV o‘z safiga Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, istiqomat qiluvchi, o‘rta, o‘rta-maxsus, va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy uquv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan va ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xizmatga qabul qilishi e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0