TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ishchi-xizmatchi (erkin yollangan) lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon berdi.
"Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi va istiqomat qiluvchi, 35 yoshdan oshmagan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zbek va rus tillarini yaxshi biladigan fuqarolarni ishga qabul qilamiz", — deyilgan e’lon matnida.
Batafsil ma’lumot uchun Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi, 1-uy, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatiga murojaat qilish so‘ralgan.