Xitoy o‘zi qurgan avianosesni butun jahonga ko‘z-ko‘z qildi

© Li Gang / Xinhua via APXitoy qurgan avianoses
Xitoy qurgan avianoses - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun moslangan ikkinchi harbiy kemasi Dalyan portida suvga tushirildi. Kema qariyb 3-yil davomida qurilgan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Xitoy Harbiy dengiz kuchlari ikkinchi avianosesga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Xitoy o‘z kuchi bilan qurgan kemaga Type 001A deb nom berilgan.

AQSh harbiylari Gruziyada - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yemay-ichmay harbiy xarajatlarini oshirishga qaror qildi
"Xitoyning samolyotlar uchishi qa qo‘nishi uchun moslangan ikkinchi harbiy kemasi Dalyan portida suvga tushirildi", — deb xabar qilgan Sinxua agentligi. Tantanali marosimda Markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari Fan Chanlun qatnashgan. Lenta qirqilgach, avianoses bortiga an’anaviy shampan vinosini urib sindirishgan.

Xitoylik harbiylar avvaliga avianosesni 23-aprel — Milliy harbiy-dengiz kuchlariga asos solingan kunda suvga tushirishni rejalashtirishgan. Ammo keyinchalik marosim bir necha kunga kechiktirilgan.

Type 001A haqida bir og‘iz

Xitoy o‘z kuchi bilan yaratishni xohlagan birinchi avianoses qurilish ishlari 2013-yilning noyabrida boshlangan. Qurilish ishlari bilan Dalian Shipbuilding Industry Company shug‘ullangan.

Avianoses uzunligi 315 metrni, eni esa — 75 metrni tashkil qiladi. Kema soatiga 57 km tezlikda harakatlana oladi.

Xitoy OAVlarida keltirilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Type 001A bortidan 36 dona "Szan-15"(J-15) qiruvchilari foydalanishlari mumkin.

Tramp Koreya yarimoroliga qurollangan kemalar "armada"sini yuborganini ma’lum qildi
Type 001Aga qadar Xitoy Harbiy-dengiz kuchlari birgina "Lyaonin" avianosetsi bilan qurollangan bo‘lgan.

Eng katta avianosesga qaysi davlat ega?

Zamonaviy avianoseslardan ochiq dengizda harakatlanuvchi aerodrom sifatida foydalaniladi. Bu turdagi kemalarning eng katta kuchi — paluba aviatsiyasi bilan o‘lchanadi.

Bundan tashqari, barcha avianoseslar yadroviy qurol yoxud ballistik raketa bilan ham qurollanishi mumkin.

Ayni kunda eng katta aviatashuvchi flotga AQSh ega. Amerika HDKning shu turdagi 12ta kemasi bor, yana o‘nta kema zaxiraga o‘tkazilgan.

Amerikaliklar bu aviatashuvchilardan o‘zlari ishtirok etgan barcha mojarolarda foydalanishgan.

Shuningdek, zamonaviy avianoseslarga ega mamlakatlar qatoridan: Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Misr va Janubiy Koreya kiradi.

Avianoses Admiral Kuznetsov - Sputnik O‘zbekiston
"Admiral Kuznetsov" qanday xizmat qilayotgani namoyish etildi
Rossiya HDK tarkibida bitta avianoses bor. "Admiral Kuznetsov" 1987-yilda suvga tushirilgan bo‘lib, 1991-yildan navbatchilikka kirishgan.

Kema 28 samolyot va 24 vertolot uchun qo‘nish va xizmat ko‘rsatish maydoni sifatida xizmat qiladi. O‘tgan yilning noyabr oyida Su-33 samolyotlari ilk marotaba "Admiral Kuznetsov" bortidan jangovor parvozlarni amalga oshirgan va Suriyadagi terrorchilar pozitsiyalari bo‘ylab zarba bergan. O‘sha vaqtdan e’tiboran kreyser bir necha bor harbiy operatsiyalarga jalb qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0