Tramp Koreya yarimoroliga qurollangan kemalar "armada"sini yuborganini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Nashr xabariga ko‘ra, AQSh sal ilgariroq Koreya yarimoroliga avianoses "Karl Vinson" boshchiligida qurollangan avianoses kemalar guruhini yuborgani ma’lum qilingan. Chunki sal oldin Shimoliy Koreya AQShga yadroviy zarba berishi haqida tahdid qilgan

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Koreya yarimoroliga kemalar "armada"sini yuborganini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: "Agar Xitoy yordam bermasa, Shimoliy Koreya muammosini mustaqil hal qilamiz"
"Biz armadalarni yuborapmiz. Juda qudratli armadani", — deb ta’kidlagan Tramp Fox Businessga bergan intervyusida. "Bizning suvosti kemalarimiz bor. Juda qudratli. Avianoseslardan (avianoses — samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun moslangan harbiy kema, tahr.) ham qudratliroq. Sizga faqat shuni aytishim mumkin", — deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In haqida to‘xtalar ekan, Tramp u "noto‘g‘ri ish qilayotganini" aytgan. Kim Chen In ruhan sog‘lommi, degan savolga javoban AQSh prezidenti buni bilmasligini, KXDR yetakchisi bilan shaxsan tanishmasligini aytgan.

Shimoliy Koreya AQShga yadroviy zarba berishi haqida navbatdagi bor tahdid qilgach, AQSh Koreya yarimoroliga avianoses "Karl Vinson" boshchiligida qurollangan avianoses kemalar guruhini yuborgani ma’lum qilinmoqda.

Renxap agentligiga ko‘ra, avianoses bortida 70ga yaqin harbiy samolyot va vertolotlar, shu jumladan, 24ta F/A-18, 10 qiruvchi-bombardimon samolyotlar, 10ga kemalarga qarshi S-3A samolyotlari, oltita kemalarga qarshi taktik SH-3H vertolotlar, to‘rtta EA-6B radioelektron razvedka-samolyotlari, to‘rtta uzoq masofadagi radiolokatsiyani aniqlovchi samolyotlar bor.

KXDR tomonidan raketa sinovining o‘tkazilishi - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya agar tajovuzkorlikka yo‘l qo‘ysa Amerika harbiylari "kulini ko‘kka sovurmoqchi"
1950-1953 yillardagi Koreya urushi rasman tugallanmagan, sababi, BMT bayrog‘i ostida urush qilgan KXDR va AQSh o‘rtasida shunchaki yarashuv to‘g‘risida kelishuv imzolangan. Pxenyanning tinchlik shartnomasini imzolash to‘g‘risidagi takliflarini esa AQSh hatto muhokama qilishdan voz kechgan. Hozirga qadar Qo‘shma Shtatlar  "Shimoldan bo‘ladigan tahdidlarga" qarshi turish bahonasida o‘zining 28 ming harbiy askarlarini Janubiy Koreyada saqlab kelmoqda. Shimoliy Koreya esa AQSh tomonidan bo‘ladigan tahdidlarga javoban bot-bot ballistik raketalarni ishlab chiqib, sinovdan o‘tkazmoqda. Pxenyan BMT XK tomonidan qo‘yilgan ta’qiqlarga parvo ham qilgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0