TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchisi O‘rta Yer dengizida qanday xizmat qilayotganini namoyish qildi.
Eslatib o‘tamiz, bu Rossiya tarixida harbiy aviatashuvchi birinchi bor jangovar operatsiyada ishtirok etmoqda. Aviatashuvchi "Admiral Kuznetsov" palubasidan Su-33 samolyotlari Suriya hududida joylashgan IDga zarba bera boshladi.
"Nishonlar oldindan belgilab olingan edi: ularning aksariyati bu — qurol-yarog‘ omborlari, jangari to‘dalari va ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqarishga moslashgan zavodlardir", — dedi Mudofaa vaziri.
Vazirning so‘zlariga qaraganda aynan ushbu hududga oldin Rossiyaning kimoviy, baktereologik va boshqa zaharlovchi moddalardan himoya qilish qo‘shnlarining katta guruhi yo‘naltirilgan edi. Bunga sabab oxirgi vaqtlarda ID terrorchilarining hukumat qo‘shnlari va tinch aholiga qarshi zaharli moddalar bilan to‘ldirilgan snaradlardan foydalangani bo‘lgan.
Admiral Kuznetsov — uzunligi 305 metr, kengligi 70 metrli umumiy maydoni 14,8 kv.km. bo‘lgan palubaga ega. Aviatashuvchida samolyotlar uchishi uchun uch yo‘lak mavjud, ulardan ikkitasining uzunligi 105 metr, bittasi 195 metr. Palubada bir vaqtning o‘zida 12ta harbiy samolyot va 5-6 vertolot joylashtirilishi mumkin. Undan tashqari aviatashuvchi angarida (trum) 20 ta harbiy samolyot qanotlari taxlangan holda joylashtirilishi mumkin.