AQSh yemay-ichmay harbiy xarajatlarini oshirishga qaror qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishAQSh harbiylari Gruziyada
AQSh harbiylari Gruziyada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp 2018-yilda sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim va yashil energetika sohalaridagi xarajatlarni kamaytirib harbiy xarajatlarni keskin oshirishga qaror qildi.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Stokxolm Jahon muammolarini o‘rganish instituti dunyo mamlkatlari  harbiy maqsadlarga qancha xarajat qilayotganini hisoblab chiqdi.

Institut xabariga ko‘ra, Donald Tramp prezident bo‘lganidan keyin AQShning harbiy xarajatlari yanada ortgan.

Bugungi kunda butun dunyo miqyosida qilinayotgan umumiy harbiy xarajatlarning 36 % — AQSh tomonidan, 13 % — Xitoy tomonidan va 4,1 % Rossiya tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ekspertlar fikriga ko‘ra AQSh 2018-yilda “Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun” shiori ostida yashaydi, ya’ni amerikada harbiy xarajatlari miqdorini keskin oshib, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim sohalarda, yashil energetika sohalaridagi xarajatlar kamayadi.

Tanki T-72 preodolevayut vodnuyu pregradu po pontonnomu mostu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga yetkazib beriladigan harbiy texnika miqdorini oshiradi

Donald Tramp 2018-yil uchun Kongressdan harbiy xarajatlarga 639 millard dollar so‘ragan. Bu 2017-yilga nisbatan 52 milliardga ko‘p. Pentagon uni qo‘llab quvvatlamoqda. Ular atyishiga qaraganda “Rossiyaning qanotli raketalariga nisbatan AQShning himoyasi yo‘q" emish.

Stokxolm instituti xabarida aytilishiga kshra, dunyoning neft eksportchi mamlakatlari o‘zlarining harbiy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni (-30%), Venesuela(-56%), Ozarbayjon (-36%). Hisobotda, Qozog‘iston ham o‘z harbiy xarajatlarini qisqartirgani qayd etilgan.

O‘zbekistonning harbiy xarajatlari 2003-yildan buyon e’lon qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0