Mirziyoyev farmoni bilan yangi qo‘mita tuzildi

© PixabayImzo
Imzo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 18-aprel kuni "O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqand rahbarlariga zo‘r takliflar kiritdi
Farmonga ko‘ra, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari bo‘yicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan obektlar reyestrini, shuningdek, davlat aktivlari reyestrini shakllantirish;

xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, buning asosida faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan obektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash;

ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh yotgan va qurilishi tugallanmagan obektlarni aniqlash;

O‘zbekistonda yana bir vazirlik qayta tashkil etiladi
yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan obektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o‘tkaziladigan kurslarda o‘qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ish boshladi
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etish;

davlat aktivlarini boshqarish, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish, ularda korporativ boshqaruvning zamonaviy halqaro standartlari va metodlarini joriy etish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, "nol" xarid qiymati bo‘yicha sotishning ochiq-oydinligi va shaffofligini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, raqobatni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish, baholash, rieltorlik va birja faoliyatini litsenziyalash, reklama bozorini tartibga solish;

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
Davlat soliq qo‘mitasi "ochiqlik indeksi" reytingida birinchi o‘rinni egalladi
kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislar, shu jumladan, idoraviy tuzilmalar rahbarlari hamda mutaxassislarining ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, zimmasiga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish.

Farmonda ta’kidlanishicha, yangi qo‘mitaning eng muhim vazifasi xususiylashtirilgan korxonalarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish hamda shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratishdir.

Yangiliklar lentasi
0