TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor 2017-yil 1-yanvar xolatiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati "ochiqligi indeksi"ning reytingi e’lon qilindi.
Reyting davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan tuzilgan.
Reytingning 1-pog‘onasida 97,5 ball bilan Davlat soliq qo‘mitasi qayd etildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 96,33 ball bilan Toshkent shahar hokimligi va Markaziy bank band etdi.
Birinchi o‘ntalikka Adliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Intellektual mulk agentligi kiritildi.
Eng so‘nggi 47-o‘rinda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 21,4 ball bilan qayd etildi.