O‘zbekistonda yana bir vazirlik qayta tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga aylantiriladi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga aylantiriladi.

"Tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar o‘rtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin», deyilgan farmonda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistondagi bir vazirlik tugatildi

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi vakolatli davlat organi bo‘lib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi hamda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0