Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Kremlda uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Kremlda uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan 4-aprel kuni Moskvaga rasmiy davlat safarini uyushtirdi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 4 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti samolyoti Moskva shahrining "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qo‘ndi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan "Vnukovo-2" aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati a’zolari kutib oldi.

Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev: mazkur tashrif o‘zaro munosabatlarning yangi sahifasini ochib beradi
Mirziyoyev Rossiyaga davlat tashrifi davomida Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.
Ayni vaqtda Kremlda Mirziyoyev va Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Kremlda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Rossiya rahbari O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilar ekan quyidagi gaplarni aytdi:

"Hurmatli Shavkat Miromonovich, hurmatli do‘stlar, hamkasblar! Sizlarni Kremlda ko‘rib turganimdan mamnunman. Vaqt ajratib Rossiyaga tashrif uyushtirganingizdan bag‘oyat xursandmiz. Bu sizning eng oliy darajadagi, davlat maqomiga ega birinchi tashrifingiz, — deb ta’kidladi Putin. — To‘g‘ri, bu yerda protokolga oid narsalar ko‘p, lekin biz Sizning ushbu tashrifingiz davomida qanday to‘xtamga kelishimiz muhimroq.

Hozir, bu yerga kelayotganda, yo‘lda, shu haqda aytildi. Hamkasblarimiz juda faol ishlarni amalga oshirdilar, bir to‘plam hujjatlarni tayyorlab qo‘ydilar. Lekin gap bugun imzolanadigan hujjatlarda ham emas, balki bu hujjatlarning mazmunida. Gap haqiqatan ham Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi, jiddiy o‘zgarishlar haqida bormoqda.

Umuman olganda hozirning o‘zidayoq o‘tgan davr mobaynida, har holda Siz prezident etib saylangan qisqa davr ichida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarimizda muhim o‘zgarigshlar yuz berayotganini, faollikni sezapmiz. Siz har vaqt bularga alohida e’tibor bilan qaradingiz.

Ta’kidlash joizki, umuman olganda savdo aylanmasini yuqori darajada ushlab turibmiz, ayrim pozitsiyalarda u nihoyatda, hayratlanarli darajada o‘sib bormoqda", — dedi Putin.

Panzer T-90 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bilan shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston uchinchi davlatlarga qurol yetkazmaydi
O‘zbekiston prezidenti bu o‘sish oorasida hatto 260%lik ko‘rsatkich qayd etilganini qo‘shimcha qildi.

Shundan so‘ng Vladimir Putin O‘zbekiston Rossiya uchun mintaqadagi muhim pozitsiya ekanini qayd etdi. Va O‘zbekiston prezidentini ko‘rib turganidan haqiqatda xursandligini yana bir karra izhor qildi.

"Nafaqat umid qilaman, balki ishonch bilan aytamanki, Sizning bugungi tashrifingiz, bizning birgalikdagi ishimiz ikkiyoqlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi", — deya o‘z murojaatini yakunladi Putin.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga murojaatini Sankt-Peterburgda yuz bergan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirishdan boshladi.

"Teraktda qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga, qarindoshlariga hamdardlik bildirishdan boshlamoqchiman. Sankt-Peterburgda ro‘y bergan hodisa — barchamiz uchun og‘riq. Terrorning na sarhadi, na millati bor. Yana bir karra ta’kidlamoqchiman, bu masalada birgalikda, uyushgan holda o‘ta keskin choralarni ko‘rishimiz darkor. Men teraktda qurbon bo‘lganlarning oilalariga, yaqinlariga va shaxsan Sizga o‘z hamdardligimni bildiraman", — dedi Mirziyoyev.

Spesslujbi u metro Peterburga posle vzriva - Sputnik O‘zbekiston
Teraktda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor
Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Rossiya rahbariga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Albatta, eng avvalo Rossiyaga davlat tashrifi bilan taklif etganingiz uchun o‘zimning minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘ylashimcha, bizning tashrifimiz, Siz avvalroq aytib o‘tganingiz kabi katta o‘zgarishlardan belgi

Samarqandga tashrifingiz davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha siz bilan ishonchli, ochiq muloqot o‘tkazgan edik. Haqiqatan ham, mana shu qisqa vaqt ichida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman: siz bilan nimagaki kelishgan bo‘lsak, amalga oshmoqda. Qolaversa, bugun siz bilan imzolaydigan hujjatlar to‘plami ham bundan darak beradi.

<…> Siz juda to‘g‘ri ta’kidladingiz, Afg‘oniston, Afg‘onistondagi tinchlik ayniqsa bizlar uchun, O‘zbekiston uchun juda muhim. Afg‘onistondagi tinchlik va osoyishtalik juda muhim. Biz Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha oldinga yo‘naltirayotgan barcha harakatlarda yordam qilishga va qo‘llab quvvatlashga tayyormiz. <…>

Sizga bu mehmondorchilik uchun yana bir o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Muzokaralar davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0