Jamiyat

Medvedev: mazkur tashrif oʻzaro munosabatlarning yangi sahifasini ochib beradi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev /  / Mediabankka oʻtishPremyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm
Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Tashrifingiz muvaffaqiyatli oʻtishiga va bu tashrif mamlakatlarimiz oʻrtasidagi iliq, doʻstona munosabatlarning yangi sahifasini ochib berishiga ishonchim komil", dedi Medvedev

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga davlat tashrifi davomida mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Medvedev Mirziyoyevni Rossiya hukumati nomidan qizgʻin qarshi oldi.

"Oʻzbekiston biz uchun strategik hamkor, bir-birimizni insoniy munosabatlardan boshlanib iqtisodiy aloqalarda yakunlanadigan koʻplab omillar bogʻlab turadigan eng yaqin mamlakatdir.

Sizning tashrifingizga hukumat ham, boshqa hamkasblar ham qattiq tayyorgarlik koʻrganini eʼtirof etish lozim. Iqtisodiyot, yangi loyihalar, gumanitar soha, migratsiya va mehnat munosabatlari borasida hamkorlik masalalari bilan bogʻliq juda keng miqyosdagi hujjatlar toʻplami tayyorlandi (keyingi yillardagi munosabatlarimiz uchun bu ulkan hajmdagi toʻplam).

Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyevning Medvedev bilan uchrashuvi boshlandi

Tashrifingiz muvaffaqiyatli oʻtishiga va bu tashrif mamlakatlarimiz oʻrtasidagi iliq, doʻstona munosabatlarning yangi sahifasini ochib berishiga ishonchim komil. Sizni yana bir bor chin qalbimdan qutlayman!", — dedi Rossiya hukumati rahbari.

Mirziyoyev oʻz navbatida Medvedev hamda Vladimir Putinning Rossiyaga taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston prezidenti Sankt-Peterburgdagi terrorchilik harakati oqibatida qurbon boʻlganlarning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

"Rossiya bizning strategik hamkorimiz, biz ittifoqchilik munosabatlari oʻrnatganmiz. Siz bilan ilgari ham koʻp bora uchrashganmiz, lekin barcha: tashqi ishlar vazirliklari uchrashuvlari, savdo, harbiy-texnika, gumanitar, madaniy munosabatlarni qamrab olgan bugungidek tayyorgarlik ilgari boʻlmagandi. Qoniqish bilan aytish mumkinki, tayyorlangan hujjatlar toʻplami ancha salmoqli. Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0