TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Kecha Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan teraktda O‘zbekiston fuqarosi ham jarohat olgan deb xabar qilmoqda, Interfaks.
Gubernator Georgiy Poltavchenko jurnalistlarga terakt oqibatida jabrlanganlarning 3 nafari chel el fuqarolari ekanligini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlangan xorijliklar Belorussiya, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari.
Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligining rasmiy saytida teraktda zarar ko‘ragan barcha fuqarolarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri xabariga ko‘ra, ayni damda teraktda qurbon bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi, jabrlanganlar 49 kishini tashkil qilmoqda.