Rossiya O‘zbekistonga bojsiz neft yetkazib berishi mumkin

© REUTERS / Sergei KarpukhinDobicha nefti
Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil oxirlarida O‘zbekiston hukumati Omsk-Pavlodar-Chimkent-Zafarobod magistral quvuri orqali bojsiz neft yetkazib berilishini so‘ragan

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston bilan bojsiz neft yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi "Kun.uz".

O‘tgan yil oxirlarida O‘zbekiston hukumati Omsk-Pavlodar-Chimkent-Zafarobod magistral quvuri orqali bojsiz neft yetkazib berilishini so‘ragan, biroq Rossiya rahbariyati buning texnik imkoniyati mavjud emasligini aytgandi. Qozog‘iston tranzit borasida o‘z yordamini taklif qilganidan so‘ng muzokaralar davom etdi.

Neft qazib olish - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha taklif tayyorlaydi

"O‘zbekistonga neft yetkazib berishdan manfaatdor tomon "Lukoyl"dir, asosan uning xom ashyosi ushbu respublikaga yetkaziladi", — deya izohlagan manba.

Boshqa bir manba neft eksportida "Gazprom neft", "Russneft" va "Rosneft" kompaniyalari ham ishtirok etishi mumkinligi, bunda "Rosneft"ning Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlari inobatga olinishi haqida so‘z yuritgan.

Biroq hozircha, "Lukoyl" matbuot xizmati O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha ariza topshirgani yoki yo‘qligi va uning hajmi qancha bo‘lishi haqidagi savollarga izoh bermagan.

"Gap yiliga uncha katta bo‘lmagan miqdor, 200 ming tonna neft haqida bormoqda", — degan muzokaralar jarayonidan xabardor manba.

Ammo Rossiya energetika vazirligi bu raqamni tasdiqlaganicha yo‘q.

"Rossiyadan O‘zbekistonga bojsiz neft yetkazib berish borasida muzokaralar davom etmoqda. RF hukumati topshirig‘iga ko‘ra, masala yechimi muhokama qilinmoqda", — deyishgan Energetika vazirligida.

Bu masalaning yechimi sifatida Rossiya neftining Qozog‘iston orqali tranzit qilinishi aytilmoqda.

O‘zbekneftegaz binosi - Sputnik O‘zbekiston
"Kazmunaygaz" O‘zbekistonga xom neft yetkizib beradi

Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumabayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu respublikaga tashrifi chog‘ida "KazMunayGaz" milliy neftgaz kompaniyasi Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

"O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmati kompaniya Qozog‘istonning "Kazmunaygaz" AJ bilan neft va gaz sohasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olishganini bildirgandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston janubi-g‘arbiy neft konlarida 3 mln tonna atrofida neft qazib olinadi. Mamlakatdagi 3ta neftni qayta ishlash zavodida esa 11 mln tonnaga yaqin xom ashyoni qayta ishlash imkoni mavjud. Neft mahsulotlari iste’moli yiliga 3,5 mln tonnani tashkil etadi.

Bundan tashqari, "Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekiston yoqilg‘i bozorini istiqbolli deb biladi.

Qozog‘iston esa Rossiya neftining O‘zbekistonga yetkazib berilishida JST (Jahon savdo tashkiloti) qoidalariga amal qilinishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Neftni qayta ishlash majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga bojsiz neft yetkazib berolmasligini bildirdi

JST shartlariga ko‘ra, Rossiya ayrim mamlakatlarga bojsiz neft yetkazib berishni yo‘lga qo‘ysa, bunda tashkilotning boshqa a’zolari ham undan shuni talab qilishlari mumkin bo‘ladi.

Agar Qozog‘iston tranzit mamlakati bo‘lsa, JST qoidasi buzilmaydi. Chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida mahsulotlar va xizmatlarning erkin aylanishi xususida kelishuv mavjud.

Ta’kidlash joizki, Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investor hisoblanib, u 5 mlrd dollar sarmoya kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0