Rossiya O‘zbekistonga bojsiz neft yetkazib berolmasligini bildirdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishNeftni qayta ishlash majmuasi
Neftni qayta ishlash majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil noyabrida O‘zbekiston hukumati Rossiya neftini bojxona to‘lovlarisiz yetkazib berishni so‘ragan, lekin Rossiya energetika vazirligi u holda JSTga a’zo mamlakatlarning barchasiga bojxona to‘lovlarini bekor qilishi lozim bo‘lishini bildirib bu taklifni rad etgan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 2016-yilning noyabrida O‘zbekiston hukumati Rossiya neftini "Omsk-Pavlodar-Chimkent-Zafarobod" neft quvuri orqali eksport bojxona to‘lovlarisiz yetkazib berish bo‘yicha Rossiya hukumatiga murojaat yo‘llagan.

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha eksport bojlarini bekor qila olmasligini bildirdi.

© Sputnik / Boris Babanov / Mediabankka o‘tishNeft qazib olish
Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston
Neft qazib olish

Bu Rossiyaning Jahon savdo tashkilotiga a’zo-davlatlar oldidagi majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, agar O‘zbekistonga eksport bojlarini bekor qilsa, u holda JSTga a’zo mamlakatlarning barchasiga bojxona to‘lovlari bekor qilinishi kerak bo‘ladi, deb ma’lum qildi Rossiya energetika vazirligi.

Rossiya energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda "Omsk-Pavlodar-Chimkent-Zafarobod" quvuri orqali neftni yuborish uchun texnik imkoniyat mavjud emas.

Energetika vazirligiga Rossiya neft kompaniyalarining O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha arizalari ham tushmagan.

Yangiliklar lentasi
0