"Kazmunaygaz" O‘zbekistonga xom neft yetkizib beradi

© NXK UzbekneftegazO‘zbekneftegaz binosi
O‘zbekneftegaz binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2002-yildan hozirgi vaqtgacha suyuq uglevodlar qazib chiqarish 2,2 baravarga kamaygan. Mavjud bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodlarini ish bilan ta’minlash uchun esa - xom neft kerak.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi va Qozog‘istonning "Kazmunaygaz" AJ neft va gaz sohasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekneftegaz" matbuot xizmati.

""O‘zbekneftegaz" va "Kazmunaygaz" tomonidan imzolangan hujjatlar orasida neft mahsulotlarini marketing va logistikasi, O‘zbekistonga xom neft yetkizib berish hamda xom neft mahsulotlarini Qozog‘iston hududidan olib o‘tish borasidagi shartnomalar kiritilgan", — deyilgan kompaniya xabarda.   

O‘zbekiston xoldingi xabariga ko‘ra, hujjatlar 23-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga bo‘lgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan. Tashrif davomida, shuningdek, "O‘zbekneftegaz" va Qozog‘iston Respublikasining Energetika vazirliklari orasida neft va gaz sanoatida hamkorlik qilish borasida shartnoma imzolangan.

Vid na jeleznuyu dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistonga 1 mln tonna neft yetkazib berishga tayyor

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin "O‘zbekneftegaz" boshqarmasi raisi Alisher Sultonov "Omsk — Pavlodar — Chimkent" neft quvuridan foydalanish haqida Qozog‘iston bilan kelishuvga  erishganini xabar qilgan edi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2002-yildan hozirgi vaqtgacha suyuq uglevodlar qazib chiqarish 2,2 baravarga kamaygan. Mavjud bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodlarini ish bilan ta’minlash uchun esa — xom neft kerak.

Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan Buxoro, Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlarining umumiy quvvati — 11-12 million tonnadan iborat. Ayni damda ular o‘z quvvatining 60% foydalanmoqda. Oqibatda, respublikada tez-tez neft mahsulotlari tanqisligi sezilib turadi.

Yangiliklar lentasi
0