Amnistiya: Tojikistonlik migrantlarga bir oy muhlat berildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigrantlar Moskvaga kelmoqda
Migrantlar Moskvaga kelmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoununbuzarlik uchun Rossiya hududiga kirishiga ta’qiq qo‘yilgan, Tojikistonlik migrantlarga qonun oldida yana "toza" bo‘lish uchun bir oy muhlat berildi.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik, Ruben Garsiya. O‘tgan shanba 25-mart kunidan boshlab Rossiyada Tojikiston fuqarolariga nisbatan amnistiya kuchga kirdi. Oldin qoida buzib Rossiya qonunchiligi oldida aybdorga aylangan, Tojikiston fuqarolari ushbu amnistiyadan foydalanib qolishi uchun bir oy — 2017-yilning 24-apreligacha muhlat berildi.

RF prezidenti V. Putinning Tojikistonga rasmiy tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada tojikistonliklar uchun imtiyozlar bisyor, dedi Putin Rahmonga

Sputnik Tojikiston muxbiri ushbu masalani Rossiya Migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov bilan muhokama qildi.

Amnistiya kimlarga taaluqli?

"Ushbu amnistiya uch toifa fuqarolar uchun amal qiladi. Birinchisi — bu Rossiya hududiga kirib, hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan yurgan fuqarolar. Hujjatlar muddati allaqachon  o‘tib ketgan, lekin ular politsiya qo‘liga tushmagan va ularga nisbatan Ma’muriy kodeksning 18.8 bandiga ko‘ra, mamlakatdan majburiy chiqarib yuborish chorasi qo‘llanilmagan. Ular yashirinib yurgan kishilar", — dedi Kojenov.

Mana shunday fuqarolar uchun Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddati yana 90 kunga uzaytiriladi.

 "Ikkinchisi — bular Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani, ya’ni Rossiya hududida qonuniy bo‘lish muddatini buzgani tufayli mamlakat hududiga kirish ta’qiqlangan fuqarolar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin nega Tojikistonga borib, O‘zbekistonga "kirib" o‘tmadi?

Uchinchisi esa — Rossiya hududida bo‘lgan vaqti uch yil davomida ikki yoki undan ko‘p marotaba ma’muriy huquqbuzarlik amalga oshirganligi tufayli mamlakat hududiga kirishi cheklangan fuqarolardir.

Ushbu sabablarga ko‘ra Rossiyaga kirishi ta’qiqlangan Tojikiston fuqarosi, kerakli hujjatlarni topshirgan zahoti — avtomatik ravishda Rossiyaga kirishga ruxsat oladi", — dedi Kojenov.

Migrantlar federatsiyasi prezidenti aytishiga qaraganda, faqat Ma’muriy qonunbuzarlikning 3 bo‘lim 27 bandida qayd etilgan fuqarolar amnistiyadan umid qilmasligi kerak. Bular Rossiya hududida jiddiy jinoyat sodir etib, sud hukmini to‘liq ado etmagan fuqarolar, sud hukmiga ko‘ra allaqachon deportatsiya qilingan yoki majburiy chiqarib yuborilgan (vidvorenie) fuqarolar, ayni damda Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash maxsus joyida bo‘lgan fuqarolardir.   

Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qayerga borish kerak? Amnistiya olish tartibi qanday?

"Fuqarolar Politsiya navbatchilik bo‘limiga kelishlari kerak. U yerda ularga belgilangan ko‘rinishdagi ariza beriladi. Ular ariza to‘ldiradi, suratga tushadi va barmoq izlari topshirishadi", — dedi Kojenov. Kojenov fikriga ko‘ra, birinchi bosqich albatta politsiya bo‘limida o‘tishi kerak.

Ikkinchi navbatda fuqarolar o‘zlariga yaqin bo‘lgan Migratsiya bo‘limiga borishlari kerak. U yerda ular yo yangi migratsion karta, yoki pasportlariga pechat olishlari kerak bo‘ladi. Shundan keyin ular qonun oldida 90 kunga "toza" bo‘lishadi.  

Ushbu vaqt davomida ular migratsiya hisobiga kirishlari va Rossiyada bo‘lish uchun qonuniy asos yaratishlari kerak bo‘ladi.

Moskva shahar IIB dastlabki xabariga ko‘ra, shaharda ayni damda jiddiy qonunbuzarlik amalga oshirmagan 20 ming kishi ana shu amnistiyadan foydalanib qolishi mumkin. Poytaxt politsiyasi xabariga ko‘ra, ular yana "qonundan yashirinib" yurgan 75 ming kishini kutishmoqda.

Toshkent-Moskva poyezdida kelgan yo‘lovchilar - Sputnik O‘zbekiston
Patent uchun to‘lov kamaytirilishi shart - migrant ishchilar kasaba uyushmasi

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘rta Osiyo mamalkatlari bo‘ylab diplomatik sayohat uyushtirgan edi. Prezidentning Tojikistonga bo‘lgan safaridan keyin, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Igor Shuvalov muzokaralar natijasida 200 mingga yaqin migrantlarga Rossiyaga kirish imkoniyati tiklanganini xabar qilgan edi.

Tojikiston hukumati kirish ta’qiqlangan 400 ming kishini avf etishni so‘ragan bo‘lsada, ularning yarmiga ruxsat berilgani diplomatik korpusning katta muvaffaqiyati deb hisoblamoqda ekspertlar.

"Kirish ta’qiqlangan 400 ming kishidan, 200 minggiga ruxsat berilgani — bu katta muvaffaqiyat. Undan tashqari kirish ta’qiqlanishiga nafaqat qonunbuzarlik, balkim epidemiologik kasallik ham sabab bo‘lishi mumkinligini esdan chiqarmasligimiz kerak", — degan edi Yuriy Moskovskiy "Dobrososedstvo" fondi rahbari bu borada.

Moskovskiying fikriga ko‘ra, endi asosiysi Tojikistondan kelayotgan migrantlar qaytadan "ta’qiq" ostiga tushib qolmasligi kerak, chunki ikkinchi amnistiya qachon bo‘lishi, yoki  umuman, bo‘lish-bo‘lmasligi  noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0