TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbari Emomali Rahmonga Rossiyada Tojikiston fuqarolari uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilayotgani haqida aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Rossiyada mehnat qilib, o‘z vataniga pul jo‘natmalarini amalga oshirayotgan migrantlar ham Tojikiston iqtisodiyoti uchun jiddiy ko‘mak bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularning soni bizning hisobimiz bo‘yicha 876 ming nafarni tashkil qiladi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida bunday jo‘natmalar miqdori 1,9 milliard dollarni tashkil qilgan, bu esa Tojikiston YaIMining uchdan bir qismi deganidir. Ta’kidlab o‘tamanki, Tojikiston fuqarolari uchun Rossiyada imkon qadar imtiyozlar taqdim etilmoqda: ular ro‘yxatda turmasdan Rossiyada 15 kun bo‘la oladilar, mehnat qilish huquqini beruvchi patentni esa birdaniga uch yillik qilib rasmiylashtirishlari mumkin", — dedi Putin.
Tojikiston fuqarolarini munosib hayot va mehnat shaoitlari bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya va tibbiy yordam bilan kafolatlash uchun barcha lozim choralar ko‘rilyapti. Mana bugun ikki tomonlama imzolangan kelishuv ham mana shu yo‘nalishga qaratilgan", — deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.