Putin nega Tojikistonga borib, O‘zbekistonga "kirib" o‘tmadi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik siyosatshunos Doniyor Ashibayev Rossiya prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesiga izoh berdi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Vladimir Putinning bu galgi safaridan bosh maqsad — Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari qanday formada ekanliklarini baho berishdir, deya fikr bildirdi siyosatshunos qozog‘istonlik Doniyor Ashibayev

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan dushanba kuni Olma-Otada rasmiy uchrashuv o‘tkazishi va shundan so‘ng Putin Tojikiston va Qirg‘izistonga safar uyushtirishi haqida aytib o‘tgan edik.

Putinning O‘zbekistonga safari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin uchrashuvi aprel oyiga belgilandi
Qozog‘istonlik siyosatshunos Doniyor Ashibayev Rossiya prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesiga quyidagicha izoh berdi: "Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, eng avvalo Qozog‘iston prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zlarining ba’zi vazirlaridan ko‘ra ko‘proq muloqotda bo‘ladilar. Ularning muloqoti, tabiiyki iqtisodiy, harbiy va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini hisobga olgan holda kechadi. Shu bois bu galgi uchrashuvlardan global o‘zgarishlarni kutish kerakmas.

Putinning O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘ladigan uchrashuvi esa tamomila boshqa masala. Bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qanday formada ekanliklarini tekshirish uchun tekshiruv bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Nega desangiz, qayerdadir prezidentlik saylovlari kutilmoqda, yana qayerdadir hokimiyatga tranzit qilish bilan tugashi mumkin bo‘lgan (Qozog‘istondagi kabi) siyosiy islohotlar. Shu bois Rossiya rahbari ma’lumot olish uchun safarga chiqdi, deb aytsak ham bo‘ladi", — deya fikr bildirdi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0