"Uylandingmi, to‘lab qo‘y" - Rossiyada migrantlar bilan soxta nikohdan o‘tish avjida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soxta nikohdan ikkala tomon ham o‘ziga yarasha manfaat ko‘radi, qolaversa, bu uchun hech qanday jazo belgilanmagan. Shu bois ham keyingi vaqtlarda bu ish migrantlar orasida "moda" tusiga kirmoqda

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Moskva shahar IIB migratsiya bo‘linmasi xodimlari rossiyalik ayollar bilan soxta nikohdan o‘tish orqali mamlakatda vaqtincha yashash huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘layotgan migrantlar soni keskin oshganini qayd etdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Soxta nikoh"dan o‘tishdan ikkala tomonning ham o‘ziga yarasha manfaatlari borligi, qolaversa, bu uchun hech qanday jazo belgilanmagani tufayli keyingi vaqtlarda bu ish migrantlar orasida "moda" tusiga kirganligi qayd etilgan.

Xotin — Saxalinda, er esa — Moskvada

"Oddiy misol, Moskva shahridagi migratsiya markaziga bir migrant murojaat qilib, uning o‘z oilasi bilan "birlashish" niyati borligini ma’lum qiladi. Bu ham mayli, ammo uning rafiqasi bu vaqtda Saxalinda bo‘ladi. Tabiiyki, migrant u yoqqa borish niyati ham yo‘q, — deb xabar qilgan nashrga huquq-tartibot organlaridagi manba. — Qonundagi bu tuynuk orqali Moskvada o‘rnashib, soliq to‘lamay yurish mumkin. Axir Moskva patent to‘lovlari orqali bugungi kunda trillionlab foyda ko‘rmoqda".

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin IIVdan noqonuniy migratsiyaga qarshi keskin kurashishni talab qildi
Bugungi kunda RVP (Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma)ni umumiy tartibda olish unchalik oson ish emas: buning uchun maxsus komissiyadan o‘tish talab etiladi. Undan tashqari, regional kvotalar degan gap ham bor. Kvota hammaga ham yetmasligi mumkin.

Internatsional oilalar uchun esa, tabiiyki, istisnolar belgilangan. Ammo statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu istisno allaqachon qoidalar qatoridan joy egallagan. RVP uchun yozilgan 13,5 mingta arizaning kattagina qismi (sakkiz yarim mingi) Moskva shahrida aynan yangi "kelin-kuyov"lar tomonidan kelib tushgan.

Mamlakat bo‘yicha bu ko‘rsatkich — 35 mingni tashkil qiladi (2009 yilda arizalar soni atigi 686ta bo‘lgan).

Bir soatlik er

Murmansk shahar tuman sudi yanvar oyida rag‘bat evaziga soxta nikoh tuzish bo‘yicha xizmatlarni internet orqali tarqatishni ta’qiqlash qarorini chiqargan edi.

Virtual nikoh. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlar bilan soxta nikohdan o‘tish holati avj olmoqda
Bu talabga izoh keltirgan mahalliy prokuratura: "bu kabi ma’lumotlar chet ellik fuqarolarning noqonuniy migratsiya qilishlari uchun axborot sherikchilik sifatida xizmat qilishini" bildirdi. Va bunday ishlani tashkillashtirish qonunan jazolanishini qo‘shimcha qildi.

Ammo bugun yopilgan saytlar o‘rniga ertasiga yangilari ochilmoqda. Soxta nikohlarga bag‘ishlangan guruhlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham topish mumkin.

Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantlari bilan bu kabi "kelishuv" Moskva va uzoq regionlarda yashovchi aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Farq — narxda. Moskvalik xotin yoki er uchun 100 ming rubl atrofida to‘lashga to‘g‘ri kelsa, uzoqroq regionlarda yashovchilar bu pulning teng yarmiga "soxta nikoh"dan o‘tishga rozi bo‘lmoqda.

Polsha o‘zbekistonlik migrantlarga munosib sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi
Axloq himoyachilari — prokuratura organlari ham bo‘sh o‘tirgani yo‘q. Internet resurslarga qarshi kurashdan tashqari, nazorat organlari soxta nikohlarni bekor qilish uchun ham kurash olib bormoqda.

Ammo, aksariyat hollarda ular soxta er yoki soxta xotin talabi bilan bu ishga jalb qilinyapti. Boshqa tomondan esa, prokurorlarga kim kim bilan va qanday yashayotganini kuzatishga kim ham ruxsat berardi deysiz?

Soxta nikoh bilan bog‘liq eng so‘nggi ish Sankt-Peterburg tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Tekshiruv jarayonida Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol va tojikistonlik erkak "birgalikda yashamasliklari, birgalikda ro‘zg‘or yuritmasliklari, birgalikdagi mol-mulkka ega emasliklari, o‘rtalarida hech qanday munosabat yo‘qligi" aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0