TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiyada mahalliy fuqarolari orasida migrantlar bilan soxta nikohdan o‘tish holatlari keskin ravishda ortganligi qayd etildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi axborot xizmati. Sputnik Tojikiston xabari asosida.
"2016 yilning birinchi kvartalida migrantlarning Rossiya hududida yashashini legallashtirish maqsadida vujudga kelayotgan soxta nikohlar soni keskin ortgani kuzatildi", deyiladi xabar matnida.
Prokuratura tomonidan berilgan ma’lumot Rossiya Davlat Dumasi tomonidan ham tasdiqlandi. Deputatlar yuqori malakaga ega mutaxassislarga qonun tomonidan yengilliklar belgilash kerakligi haqida aytib o‘tdilar.
"Biz uchun amalga oshirilayotgan hiyla-nayranglar soni ko‘rsatkichi emas, balki, soxta nikohdan qaysi toifadagi fuqarolar foydalanayotganini bilish juda muhim. Agar gap yuqori malakali mutaxassislar, yoxud davlat uchun kerakli boshqa toifadagi fuqarolar haqida borayotgan bo‘lsa, u holda fuqarolikni taqdim etish qoidalarini yangilash haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Aks holda, bu jarayonning murakkabligi tufayli, biz go‘yoki tuppa-tuzuk odamlarni jinoyatga undayotgandek bo‘lyapmiz…" — deb iqtibos keltiradi "Izvestiya" nashri Mixail Starshinovning so‘zlaridan.
2016 yil 5-aprel holatiga ko‘ra, Rossiya hududida 1,7 million o‘zbekistonliklar, 878,5 ming tojikistonliklar, 588,8 ming nafar Qozog‘iston fuqarolari, 574 ming qirg‘izistonliklar va 24 ming nafar Turkmaniston fuqarolari yashashi qayd etilgan.
2016 yil 5-aprel holatiga ko‘ra, Rossiya hududida 1,7 million o‘zbekistonliklar, 878,5 ming tojikistonliklar, 588,8 ming nafar Qozog‘iston fuqarolari, 574 ming qirg‘izistonliklar va 24 ming nafar Turkmaniston fuqarolari yashashi qayd etilgan.