Polsha o‘zbekistonlik migrantlarga munosib sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ishga ruxsatnomalarni qisqa muddatda olishlari uchun bu jarayonni soddalashtirishga tayyormiz, deb ta’kidlamoqda Polshaning ikki viloyati gubernatorlari

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Polsha o‘zbekistonlik migrantlarga barcha qulayliklarni yaratishga tayyorligini bildirdi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikkita kelishuv imzolaydi
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi delegatsiyasi Polshada bo‘lgan. Tashrif doirasida jamoatchilik tashkilotlari, ulkan ish berish imkoniyatiga ega bo‘lgan muassasalar vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Lodzin va Lyublinsk viloyatlari gubernatorlari A. Bagenski va P.Charnek o‘zlarining hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishgan. Gubernatorlar Polshada qishloq xo‘jaligi, qurilish sanoati, tekstil va oziq-ovqat sanoatlariga malakali kadrlar yetishmasligini ta’kidlab o‘tishgan.

Mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni olishda ma’lum qiyinchiliklar borligini qayd etgan holda, gubernatorlar ushbu jarayonni soddalashtirish va tezlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

O‘zbekistonlik mutaxassislar iloji boricha tezroq ishga kirishishlari uchun o‘z yordamlarini ayamasliklarini aytib o‘tganlar. A. Bagenskining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik quruvchilar o‘z ishini sifatli va vijdonan bajarishlari, shuningdek, yuqori darajadagi ahloq-odobi tufayli Polsha hukumati ularni jalb qilishga qaror qilgan.

"O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga Polshada munosib hayot kechirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, maoshlar ham o‘z vaqtida to‘lab boriladi, mehnat soatlari ham ularni qoniqtirishlariga aminmiz. Bundan tashqari, Lodzin viloyatida migrantlar tezroq ko‘nikib ketishlari uchun tilni o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil etiladi. Biz, shuningdek, mutaxassislarning malaka oshirishlari uchun ham kurslarni tashkil qilishga tayyormiz. Biz mehmonlarimiz o‘zlarini xuddi uydagidek his qilishlari uchun barcha sharoitni yaratamiz", — degan ishonch bilan Lodzin viloyati gubernatori.

Rabochiy na pulte upravleniya na sementnom zavode - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar tez orada Polshada ishlashlari mumkin bo‘ladi
Muzokaralar davomida, o‘zbekiston tomon migrant ishchilarning ijtimoiy muhofazasi eng muhim talablardan biri bo‘lishini ta’kidlagan.

Polshadagi kompaniyalar o‘zbekistonlik migrant ishchilarga uy-joy, mehnat xavfsizligi, tibbiy sug‘urta, eng kam ish haqidan ancha yuqori bo‘lgan maosh bilan ta’minlash singari masalalar hamda huquqiy va viza tomondan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi delegatsiyasi safari yakunida Polshaning qurilish, tekstil, agrar va oziq-ovqat sanoatida faoliyat yurituvchi to‘qqizta kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0