TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Noqonuniy migratsiya oqimi, Rossiya migratsion qonunchiligidagi har qanday qonun buzilishlariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi shart, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV hay’at yig‘ilishida.
"IIV ixtiyoriga migratsiya jarayonini nazorat qilish bo‘yicha jiddiy vakolatlar berildi. Biz mamlakatimiz qonunlariga rioya qiladigan, an’ana va madaniyatimizni hurmat qiladigan, Rossiyada yashash va ishlashni istaydiganlar uchun madaniyatli, shaffof muhit yaratamiz. Shu o‘rinda noqonuniy migratsiya oqimi, Rossiya migratsion qonunchiligidagi har qanday qonun buzilishlariga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi shart", — dedi Putin.
"Vaziyatni monitoring qilish va dastlabki choralarni ko‘rish uchun axborot resurslari tizimini shakllantirish, Yevroosiyo ittifoqi bo‘yicha sheriklarimiz va boshqa mamlakatlar bilan keng ma’noda hamkorlik o‘rnatishimiz darkor", — deb qo‘shib qo‘ydi prezident, deya xabar beradi RIA Novosti.