Bahorgi yo‘nalish: Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy Navro‘z

© RISIIgor Nikolaychuk
Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlari Navro‘zni ko‘tarinkilik bilan nishonlashmoqda, deb hisoblaydi siyosiy ekspert Igor Nikolaychuk

Navro‘z ajoyib bayram. U nafaqat fors va turkiy xalqlarda Yangi yilning rasman kirib kelishi tufayli (aslida bu ham muhim), balki tabiytning uyg‘onishi, yangi umidlar va kelajakka yorqin munosabat paydo bo‘lishi tufayli ham ajoyib.

Yangi umidlar esa, asossiz joyda paydo bo‘lmaydi. Ular voqelik, mavjud vaziyatga muvofiq holda paydo bo‘ladi. "Beshlik" davlatlarining siyosiy yetakchilari va rahbarlari xalqaro maydondagi mavjud kuchlar va ularning joylashuvini inobatga olgan holda faqat olg‘a qadam tashlash yo‘nalishini tanlashga to‘g‘ri keladi.

Bugungi kunda mazkur mintaqa mamlakatlari uchun bu joylashuv keskin o‘zgardi.

Birlashuv AQShga tahdid sifatida

Eslatib o‘tamiz, SSSRning barcha nuqtayi nazarlarga ko‘ra sun’iy va yomon tashkillashtirilgan parchalanishidan so‘ng (na Qozog‘iston, na Qirg‘iziston, na Tojikiston, na Turkmaniston va na O‘zbekiston bu jarayonning tashabbuskori bo‘lgan) sobiq sovet makonidagi har qanday birlashuv jarayonlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid sifatida ko‘rilishi shart bo‘lgan "Bjezinskiy doktrinasi" vujudga keldi. Amerikalik siyosatshunosning fikricha, bunday jarayonlar SSSRni qayta tiklashga olib keladi. Bu fikrda ulkan ayyorlik mujassam.

Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston o‘z oshini o‘zi pishiradi

Ma’lumki, Sovet ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar bir-biriga qarshi sovuq urush olib borishgan. AQSh strategik rejalashtirishining o‘ta-o‘ta maxfiy va o‘ta rasmiy hujjatlariga ko‘ra, sovuq urushdan maqsad "bor-yo‘g‘i" SSSRni zaiflashtirish va uning rejimini o‘zgartirish bo‘lgan. Qayta qurishning uch yili ichida bu maqsadga erishildi: harbiy jihatdan Soveti ittifoqi "o‘tirdi", sovetlar Yevropani tark etishdi, ortodoksal kommunizm o‘rnini tushunarsiz yevrokommunizim, aniqrog‘i — ma’nosiz sotsial-demokratiya mafkurasi egalladi.

1988 yilda sovuq urush tugagani e’lon qilindi, G‘arb esa asosli ravishda o‘zini g‘oliblar safiga tirkadi. Shu xolos. O‘tgan asrning 90-yillari boshida SSSrning tarqalib ketishi bu endi ichki improvizatsiya, sovetlar partiyasining o‘yini. Jahon yetakchilari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi ekspertlar (Ukrainada o‘z manfaatlariga ega bo‘lgan Bjezinskiy guruhini hisobga olmaganda) "20 asrning yirik geosiyosiy halokati"dan unchalik ham quvonishmagan. Jahondagi barqarorlikka putur yetdi, Amerika esa yagona kuch markazi bo‘la olmadi (menimcha, bo‘lishni xohlamadi). Ko‘p qutblilik qimmat turadi, u ulkan miqyosdagi urinishlar va millat qurbonlarini talab qiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida prezidentlik instituti vujudga keldi, AQSh Davlat departamenti esa mintaqaning yetakchi mamlakatlariga quvur yo‘llari va boshqa "mazali" infrastruktura loyihalari haqida bulbuldek sayrab Rossiya bilan yaqinlashishga yo‘l qo‘ymaslikka uringan tajribali xodimlarini (masalan, xalqaro munosabatlarda boshqariluvchi tartibsizliklar tamoyilining "otasi" bo‘lgan Stiv Mann bir muddat Turkmanistonda elchi bo‘lgan) jo‘natdi.

Biroq AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida ishtirok etmaslik, Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketganidan so‘ng mintaqada harbiylarini qoldirmaslik haqida yakuniy qarorga kelgach, hammasi keskin o‘zgarib ketdi. Albatta, bu Trampning g‘alabasidan ancha oldin yuz bergandi.

Markaziy Osiyo minimalizmi

Vashingtonning Markaziy Osiyo bo‘yicha tashqi siyosatini tahlil qilib chiqqan analitiklar uni strategik minimalizm tamoyili deb atashadi. Xorijlik tadqiqotchilarning fikricha, bu tamoyil nafaqat AQShning Markaziy Osiyodagi infrastrukturaviy loyihalarga, jumladan strategik ahamiyatga ega neft va gaz quvurlariga bir dollar ham kiritmagani va foydali qazilmalarni izlash bo‘yicha investitsiya kiritishga mutlaqo qiziqmaganida, balki bir paytlar o‘zlarining bong urilgan "Yagona ipak yo‘li" tashabbuslariga qarshi chiqishlarida ham ko‘rinadi.

Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston strategik targ‘ibot zarbasi ostida

Ularning tamoyillariga (hozirda ichki siyosiy maqsadlarda keng foydalanilmoqda) ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari faqat Rossiya va Xitoyga ko‘z tikkan nobarqaror avtoritar rejimli davlatlar ekan. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z tashqi va ichki xafvsizligini ta’minlash uchun terrorchi guruhlar yoki diniy ekstremistik guruhlardan keladigan xatarlarni bartaraf etishda birga hamkorlik qiladigan Rossiya va XXR bilan yetarlicha aloqa o‘rnatsa bas.

Bu tamoyilda ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy savdoda o‘z o‘rnini mustahkamlash, mintaqada ta’sir ko‘rsatish uchun bir-birlari bilan raqobat qilar ekan. Ushbu davlatlar hukumatlari o‘z manfaatlari uchun qo‘shnilar bilan munosabatda "rossiya" yoki "xitoy" kartasini ishga solarmish. Markaziy Osiyoning hech bir davlati umummintaqaviy masalalarga e’tibor qaratmoqchi emas ekan.

Amerikalik analitiklarning aytishlaricha, ularning strategik minimalizm tamoyili mintaqadan ketish yoki "demokratiyani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash"dan voz kechishni anglatmaydi. Ular inson huquqlari, davlat qurilishining demokratik asoslari borasida o‘zlari chizgan chegaradan chiqmaslikni tavsiya qilib, bu qoidani buzish Amerika diplomatiyasining keskin salbiy javobiga yoki hatto harbiy arashlauvga olib kelishi mumkinligini aytishadi.

Ularning fikricha, "strategik yuk"ning katta qismini Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo yirik davlatlar — mintaqadagi geosiyosiy o‘yinchilar yelkasiga yuklash orqali AQSh manfaatlarini himoya qilish yaxshiroq.

Ekspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev tashqi siyosat sahnasida qanday rolni ijro etadi

Yuqorida aytilganlarni oddiy tilga shunday deb o‘girish mumkin: "Sizlar (Markaziy Osiyo mamlakatlari) istagan joyingizga borishingiz mumkin va Rossiya bilan chuqurroq hamkorlik qilishingizga ham qarshimasmiz. Faqat, Xudo haqqi, sizlarga qarshi chiquvchilar va demokratiya himoyachilarini qattiq qiynamang, aks holda epchil huquqni himoya qiluvchi tashkilotlari bizni, Amerika prezidentlarining o‘zini qiynab yuborishadi, "zo‘ravonlarga e’tiborsizlik"da ayblashadi".

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga nisbatan Bjezinskiy doktrinasining tamom bo‘lishi Amerikaga nisbatan geosiyosiy la’nat bilan qarashni yo‘q qildi. Rossiyaga e’tibor bilan boqish esa mintaqadagi rahbarlarning erkin tanlovi bo‘lib, mening fikrimcha, bu tanlov mustaqil, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, hech qanday bosimlarsiz bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0