O‘zbekiston strategik targ‘ibot zarbasi ostida

© Sputnik / Aleksey TixomirovIgor Nikolaychuk
Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishning yangi texnologiyalari O‘zbekiston hukumati va o‘zbek xalqining qay darajada mustahkam ekanligini sinovdan o‘tkazadi

Igor Nikolaychuk, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti

Men Amerikaning O‘zbekistonga mo‘ljallangan axborot uzatish tizimini eshakka o‘xshatgan bo‘lardim. Aynan o‘zbek maqolida keltirilgan ma’noda: eshakning go‘shti harom, mehnati halol. Nima nazarda tutilmoqda? O‘ziga xos va o‘zbeklar hazm qila olmaydigan axborot – bu albatta go‘sht. Jurnalistlarning tirishqoqlik bilan malakali ish olib borishlari – bu esa o‘z navbatida xalq maqolida tilga olingan eshakning halol mehnati.

Darvoqe, AQSh tashqi siyosiy targ‘ibot organlari xodimlarining hamma ishlari besh, deya o‘ylamaslik lozim. Bu organlar insoniyatni amerikalik tashkilotchilar kuzatuvi ostida amerikacha orzuga moyil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgani uchun ayovsiz tanqidga duch kelishmoqda. Qo‘shma Shtatlarda demokratik ma’muriyatning respublikachi raqiblari tomonidan muntazam ravishda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburlamoqda: barcha "Amerika ovozi" va "Ozodlik"larni tarqatib yuborish kerak; "Ovoz"ni Amerikada yashash yaxshi ekanligi haqida hikoya qilib berishlari uchun diplomatlarga berish kerak, dunyo xalqlari tillaridagi yangiliklar resurslarini esa tijoratlashtirib, tahririyatlarni davlat grantlariga o‘tkazish kerak. Lekin bularning barchasi, rus ta’biri bilan aytganda, o‘likni davolagan bilan barobar bo‘ladi.

Akejan Kajegeldin - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: AQSh uchun O‘zbekistondan qiziqroq davlat yo‘q

Bunga oddiygina izoh bor. O‘z milliy manfaatlarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida himoya qilar ekan (nafaqat AQShda, balki dunyoning barcha davlatlarida amaldorlar, xususan jurnalistlarga aynan shuning uchun haq to‘lanadi) mintaqadagi axborot-kommunikatsion xurujlar strateglari O‘zbekistonning (bu ularning ta’biri, bizning emas) "yopiq", u yerda "avtokratik rejim" hukm surishidan kelib chiqib fikrlashadi, demak, bechora o‘zbekistonliklar haqqoniy axborotdan mahrum. Shuning uchun zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasini muqobil axborot bilan to‘ldirish kerak. Ana shunda O‘rta Osiyoning qadim zaminida ham demokratiya quyoshi nur sochadi.

O‘zbek yoshlarining qaysidir qismi yelkasini qisishi mumkin: nima bo‘pti, ular qonunni buzishmayapti, ishlari yomonmas. Lekin qariyalar eslashadi, Sovet Ittifoqini ham xuddi shu tarzda parchalashgan: "totalitar" televidenie — Moskvadagi o‘zbek madaniyati kunlari haqida ko‘rsatuv beradi, "Amerika ovozi" esa — qandaydir millatchi, o‘zgacha fikrlovchi yigitning hibsga olingani haqida. Bu hibsga olinishmidi yoki shunchaki tegishli organlarda profilaktik suhbatmidi, umuman shunday yigit aslida bormi — bu muhim emas!

Xo‘sh, o‘shandan buyon nimalar o‘zgardi? 2005-yil mayida "Ozodlik"/"Ozod Yevropa" radiosi Andijon voqealarini shunday "muqobil" yoritdiki, shu zahoti akkreditatsiyadan mahrum bo‘lib O‘zbekistondan uchib ketdi. Uchganda ham anchagina qushlar uchib ketishdi! O‘sha paytda "Ozodlik"ning Toshkentdagi o‘zbekcha resursida to‘qqiz nafar ijodiy xodim bor edi. Radiostansiya kuniga olti soat o‘zbek tilida eshittirish berardi. "Hukumatga qarshi" yangiliklarni dunyo bo‘ylab 23 nafar axborot to‘plovchi yig‘ardi. Mana, mamlakatlar bo‘yicha taqsim: O‘zbekiston — 14 kishi, Rossiya — 1, Tojikiston — 2, Turkiya — 1, Afg‘oniston — 2, Qirg‘iziston — 1, Buyuk Britaniya — 1. Tushunarliki, bunday turdagi tarmoqlardan olinadigan yangiliklar nafaqat muqobilchi jurnalistlar uchun, balki AQSh razvedka xizmati uchun ham bebaho sovg‘adir.

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: G‘arbning O‘zbekiston haqidagi taxminlari puch bo‘lib chiqdi

Amerikaliklar O‘zbekiston hukumati bilan munosabatlarni to‘g‘ri o‘rnata olishmadi – bo‘pturadi. Xulosa chiqaring, yo‘lini toping, hammasini voqelikka moslashtiring. Milliy manfaatlar haqida ham o‘ylash kerak-ku! Ammo yo‘q! "Amerika ovozi"ning o‘zbek tahririyati qandaydir qaysarlik bilan endi neytral hududda turib bu davlatga muqobil axborot tayyorlash va uzatishni davom ettirdi. Ammo bu yerda muhim tafsilot bor. Maqola boshida eslatib o‘tilganlarga piar, o‘zini reklama qilish zarur. Shuning uchun amerikalik jurnalistlar O‘zbekiston Prezidenti Karimovning vafotidan o‘zlarining ishdagi muvaffaqiyatlari hisoboti sifatida foydalanishdi.

Eng avvalo, Islom Karimovning vafoti va hokimiyat almashishi bilan bog‘liq voqealarni yoritishda amerikalik jurnalistlar "raqamli texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini tortishgani", bu esa o‘z-o‘zidan "yuqori darajada yopiq bo‘lgan bu mamlakatda hokimiyatning axborot oqimini nazorat qilish istagini yo‘qqa chiqarishi" haqida bayonot berishdi. Hukumatga qarshi axborot endilikda o‘zbekistonliklar orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotganligi olamshumul natija deb e’tirof etildi. O‘zbek tahririyati rahbari Alisher Sidiqovning "Ozodlik" radiosi faoliyati haqidagi so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy media texnologiyalaridan foydalanish murakkab mintaqaviy siyosiy voqeliklarga moslashtirildi va shuning uchun "endi avtoritar rejimlar media makonini nazorat qila olishmaydi; bu burilish davri!".

Albatta, bularning barchasi raqamlar bilan mustahkamlangan. 2016-yilning 28-avgusti-4 sentabri oralig‘ida "Ozodlik" axborotlari bilan tanishish uchun smartfonlar uchun mo‘ljallangan Telegram bepul messenjeri orqali 3,8 mln marta tashrif buyurilgan, bu o‘zbek auditoriyasi tomonidan kiriladigan oddiy oqimga nisbatan uch marta ko‘pdir. O‘zbekistonda taqiqlanganiga qaramasdan, resursning vebsaytiga 1,5 mln marta tashrif buyurilgan, foydalanuvchilarning yarmidan oz bo‘lmagan qismi aynan O‘zbekiston hududidan kirgan. 2-sentabr kuni, Karimovning vafoti e’lon qilinganida "Ozodlik"/"Ozod Yevropa" saytiga 2 mln kishi kirgan; bu natija 2014-yil 20-fevralda Kiyevdagi Mustaqillik maydonida Ukraina tahririyatining snayperlar o‘q uzishi haqidagi jonli efirida erishilgan natijadan keyingi o‘rinda turibdi. Karimov vafotidan oldingi kunlarda "Ozodlik" O‘zbekistondan 40 maqola, 15 videolavha va 8 fotolavha uyushtirgan.

Biroq, bizningcha, bajarilgan bu ishlar kasbiy hurmat uyg‘otsa-da, bu raqamlardan hech qanday olamshumul narsa kelib chiqmaydi.

Ammo, ijtimoiy tarmoqlar mamlakatdagi jamoatchilik fikriga jiddiy putur yetkazadi deb o‘ylamayman. Bundan qo‘rqinchliroq boshqa narsa bor. Bu aynan nimaligini boshqa "osiyo" tahririyatlari misolida ko‘rsatgan ma’qul. 26-oktabr kuni Afg‘onistondagi Kxor viloyatida terrorchilik xuruji sodir etildi. 30 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi. 25-oktabr kuni Pokistondagi politsiya akademiyasiga hudkushlar hujum qildi. 59 nafar talaba halok bo‘ldi. Terrorchilik hujumlari uchun javobgarlikni albatta IShID o‘ziga oldi. Bu shunchaki. Amerikalik jurnalistlar ikkala yovuzlikni ham o‘zbeklar sodir etishganini ataylabdan ajratib ko‘rsatishdi. Kimligi noma’lum, lekin o‘zbeklar!

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0